Respublika maxsus komissiyasi 4 iyunga ötar keçasi karantin çeklovlari yengillaştirilişi bilan boğliq qator yangiliklarni e'lon qildi.
Xabar qilinişiça, barça hududlarda ularning toifasidan qat'i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinmoqda:
- jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlaş, uç kişidan ortiq yiğilmaslik,
- fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanişi;
- ta'lim taşkilotlari (maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boşqalar) faoliyatini yölga qöymaslik;
- köngiloçar obektlar — tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) va kompyuter öyinlari markazlari faoliyatiga yöl qöymaslik;
- konsert, kinoteatr va sport tadbirlarini ötkazmaslik (professional futbol klublari öquv maşğulotlari va Özbekiston professional futbol ligasi çempionatlari bundan mustasno);
- jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
- dehqon, quriliş bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boşqa yirik dökonlar) kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş hamda har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37S va undan yuqori bölgan holatda, uşbu majmualarga kiritmaslik çoralarini köriş;
- barça taşkilotlar kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «töşak»lar bilan ta'minlaş hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritişini ta'minlaş;
- quriliş-ta'mirlaş işlarida obektlarning hududi töliq karantinga olinişi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlari bilan birgalikda obektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oşirilib borilişi. Bunda, uşbu taşkilotlarning faoliyat olib boriş davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya qiliş, öz faoliyatini faqatgina tegişli obekt hududi doirasida taşkil etiş.
«Qizil» toifaga kiruvçi hududlarda karantin çeklovlari talablarini bajarmaslik, şuningdek, «yaşil» va «sariq» toifaga kiruvçi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini örnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oşiriş tegişli javobgarlikka sabab böladi.











