Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayevning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, joriy yil ikkinçi çoragi uçun prognoz taxminan 21 trillion sömni taşkil etgandi.

«Birinçi çorakda 23,8 trillion söm soliqlar davlat budjetiga tuşdi. Rejaga köra, tuşumlar 23,3 trillion söm edi. Pandemiyaning salbiy ta'siri birinçi çorakda qattiq sezilmadi. Ammo ikkinçi çorakda katta xavfni kutgandik. Dastlabki hisoblarimizda, ikkinçi çorakda 6,8 trillion soliq tuşumi kamayişi kutilgandi. Şunga muvofiq, tuşumlar 18,2 trillion söm bölişi kutilgan.

Şunga qaramay, davlat rahbari va hukumatning tezkor qaror qabul qilişi va samarali qarşi kuraş çoralarini qöllaşi evaziga pandemiyaning salbiy oqibatlari ozroq yumşatildi. Buning hisobiga, prognoz etilgan soliq tuşumi örniga ikki oy yakuniga 14,2 trillion söm mablağ budjetga tuşirdik», – deydi Mirzayev.

Uning ta'kidlaşiça, pandemiyaning salbiy oqibatlari 3 trillion sömga kamayişiga erişilgan. YaIM ösiş sur'ati esa yil boşida 5 foizdan yuqori bölişi kutilayotgandi. Pandemiya tufayli bu körsatkiç joriy yilda 1,8 foiz böliş ehtimoli yuqori.

Mubin Mirzayev suhbat davomida soliq unifikatsiyasi, pandemiyada soliq yukining YaIMga ta'siri hamda tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar böyiça fikrlarini aytdi. Şuningdek, u mahalliy hokimiyatning soliq tölovçiga sun'iy muammo paydo qilişi, quyi soliq organlarining notöğri işlaşini tanqid qilib, vaziyatga baho bergan.

Intervyuni Youtube töliq formatda tomoşa qilişingiz mumkin.

Alişer Rözioxunov suhbatlaşdi.