“Sardoba” suv omboridagi fojia natijasida 108ta fermer va qişloq xöjalik korxonasining jami 16,525 gektar yeri zararlangan. 9734 gektar çigit, 6821 gektar ğalla, 231 gektar sabzavot ekinlari, 1095 gektar poliz, 14 gektar kartoşka, 154 gektar boğ va 83 gektar boğ oralariga ekilgan sabzavot ekinlari suv ostida qolib, yaroqsiz holatga kelgan. Bu haqida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qömitasi matbuot kotibi Ne'matjon Otamurodov iştirokida brifingda ma'lum qilindi.
Bildirilişiça, zarar körgan ekin maydonlarining örniga boşqa tuman yerlaridan qöşimça ekiş uçun 3990 gektar yer maydoni ajratilib, hozirgaça 3244 gektar maydonga ekiş işlari amalga oşirildi.
“Kosmik suratlar, vertolyot va dronlar yordamida suv bosgan hududlarning kunlik bir neçta turdagi xaritalari tuzildi. Suv bosişi xavfi bölgan hududlarning Sardoba suv omboriga nisbatan balandlikdagi relefli xaritasi işlab çiqilgan.
Suv bosgan hududlardagi turar va noturar mulk obektlari töliq hatlovdan ötkazilgan. 10ta mahalla fuqarolar yiğinining 22ta aholi punktida kadastr bahosi 254 milliard 652 million sömni taşkil etadigan jami 5 ming 388 ta turar joy hamda kadastr bahosi 14 milliard 584 million sömni taşkil etadigan jami 133ta noturar joy obektlari zararlanganligi ma'lum böldi”, deya Ne'matjon Otamurodovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Brifingda aytilişiça, fojia natijasida töliq buzilgan uylar soni 1640ta, ta'mirtalab uylar soni 3003tani taşkil etadi. Suv toşqinidan zarar körgan uylarning 3709ta kadastr hujjatlari dublikatlari 2 kun içida bepul tayyorlab berilgan.


















