Yevropa ittifoqining 4 ta davlati koronavirusdan vaksina ishlab chiqilishini tezlatish uchun alyans tashkil etdi
Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiya Yevropa ittifoqi hududida koronavirusdan vaksinani ishlab chiqishni tezlashtirish uchun birlashdi.
Yevropa ittifoqining eng yirik iqtisodiyotga ega ushbu 4 davlati shu maqsadda alyans tashkil etdi. Niderlandiya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, ular “vaksina ishlab chiqilishini tezlatish maqsadida turli istiqbolli tashabbuslarni birgalikda ko‘rib chiqmoqda va farmatsevtik kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda”.
“Inklyuziv vaksina uchun alyans”ning maqsadi Yevropa hududida imkoni bor joyda vaksinani ishlab chiqarish imkoniyatini ta'minlashdan iborat. Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiya muvaffaqiyatli natija uchun birgalikdagi strategiya va sarmoyalar kerakligiga ishonch bildirmoqda”, deyilgan bayonotda.
Unda ta'kidlanishicha, alyans Yevropa ittifoqi va boshqa davlatlar, ayniqsa Afrikaning nochor davlatlarini yetarli miqdorda vaksina bilan ta'minlash uchun vaksinalar ishlab chiqarish sohasidagi istiqbolli tashabbuslarni ko‘rib chiqmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoda koronavirusdan 130 tadan ko‘proq vaksina ustida ish olib borilmoqda. Ulardan kamida 10 tasi klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024