– 2016 yil sentabr oyi oxirlari edi. Moskva viloyatining Şyolkovo tumanida qurilayotgan yangi uylarda içki ta'mirlaş işlarida işlardik. Özbeklar, qirğizlar, tojiklar köpçilikni taşkil qilgan bu joyda hammamiz yaqin döst, birodar bölib yurdik.

Bir kuni baxsiz xodisa yuz berib, bir qirğiz yigiti beşinçi qavatdan tuşib ketdi. Rossiyaga yaqindagina kelgan 23 yoşga kirgan yigit ekan. Tez yordam çaqirdik.

Yetib kelgan tez yordam maşinasiga kötarib solayotganimizdagi holat, yigitning çekayotgan azobi, ingraşlari hozirgaça quloğimda qolib ketgan.

Şifoxonaga yotqizilgan yigitni zudlik bilan jarrohlik stoliga yotqiziş kerak ekan. Yirik suyaklari bir neça joyidan singan ekan. Biz işlayotgan firma katta xarajatlarini kötardi. Qirğizistondan ota-onasi ham yetib keldi.

Bunday damda jim qarab tomoşa qilib turiş uyat edi. Darhol xayriya uyuştirib, tanigan bilganim borki yordam söray boşladim. Yaxşigina pul yiğildi. Pul yuborganlar orasida Tojikistonlik birodarlarimiz ham bor edi.

Qirğizlarning Çingiz ismli diyonatli brigadiri bor edi, töplangan pulni qöliga berdim.

«Özbeklardan yordam, hammamiz tezroq şifo topişini söraymiz», – dedim.

Oradan uç kun ötgaç, Çingiz telefon qilib qoldi:

– Operatsiya juda yaxşi ötdi, bemorning ahvoli yaxşi, rahmat sizlarga ham. Bir umr unutmaymiz özbeklar qilgan bu yaxşilikni, – deya qayta-qayta minnatdorçilik bildirdi.

* * *

Keyingi kuni iş joyimizni politsiya bosdi. Köpçilik qoçib qutuldi. Bizlar, ön nafar özbek ilojsiz qolib keta olmadik, qölga tuşdik. Hujjatlarimiz bor-u, Moskva şahriga qayd qilingan, biz esa viloyatdamiz.

Xullas, bizlarni politsiya bölinmasiga olib ketişdi. Bitta kiçkina, aslida tört kişi zörğa siğadigan xonaçaga 13 kişini tiqişdi. Biz ön kişimiz, xonada yana uç kişi bor ekan.

Politsiya bizga qöygan talab qat'iy edi: «Agar qaysi firmaga işlayotganlaringni aytib, yozib bersalaring, qöyib yuboramiz». Lekin tajribadan ma'lumki, baribir qöyib yuborişmasdi.

Firma kattalari, bizni sotsanglar bir söm ola olmaysizlar (ikki oylik iş haqimizni olmagan edik), degan xabarni yetkazişdi. Xullas ikki öt orasida qoldik.

Heç narsa yozmadik, heç qanday qoğozga imzo ham qöymadik. Uç kun şu zax xonada saqlaşdi.