Yuqoridagi suratda körib turganingiz — Nişondagi ikki qavatli uylarning oqava suvlari şundoqqina bino hovlisidagi hovuzga quyiladi. Uning tölib ketişi, yoz kunlarida badböy hid oçiq derazalardan xonadonlarga möralaşi odamlarni çarçatgan.
Ayni muammo öz navbatida hojatxona muammosini ham yuzaga keltirgan.
Xullas, aholi antisanitariya holatidan uzoq yillardan buyon aziyat çekadi. Çunki yuzdan ziyod ikki qavatli uylar bölgani holda Nişonda markazlaşgan kanalizatsiya tizimining özi yöq.
Aytişingiz mumkin, «xöş, axir hozirgi vaqtda qaysi çekka tumanda markazlaşgan kanalizatsiya tizimi bor?» deb. Hamma gap ham aslida ana şunda.
Nafaqat Nişon, balki Qaşqadaryodagi qator tumanlarda kanalizatsiya muammosiga duç keldik. Şu yilning özida Şahrisabz, Mirişkor tumanlari, Qarşi şahridan bir neça murojaatlar aynan kanalizatsiya masalasida böldi.
Aslida aksariyat tumanlarda köp qavatli uylar kanalizatsiya tarmoği bilan birga qurilgan (harholda, kanalizatsiyasiz köp qavatli uyni tasavvur qiliş qiyin). Ammo ötgan asrning 60–70 yillarida bunyod etilgan bu uylarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari allaqaçon çirib, işdan çiqqan. Oqibatda sönggi ön yillar davomida köp qavatli uylar yaşovçilari ayançli muammo qarşisida qolib ketmoqda.
Endilikda bu kabi tumanlardagi köp qavatli uylar atrof manzarasi hojatxonalar bilan köz oldimizda namoyon bölmoqda. Bundan ham yomoni, ayrim hududlarda ana şu hojatxonalarning ham yetişmovçiligi yana bir muammo. Yuqorida aytilgan Nişon tumanida ham xuddi şu holat hali ham mavjud.

Ötgan yili viloyatning Şahrisabz tumani Miraki mahallasidagi ikki qavatli uylarda yaşovçi fuqarolardan kelgan murojaatga e'tibor bering: «Mahallamizga umumiy hammom qurişmoqçi, iltimos, oldini olişga yordam bering...»
Ma'lum bölişiça, aholining hammom qurilişiga qarşiligi ham kanalizatsiya bilan boğliq ekan.
«Kanalizatsiya tizimi işlamayotgan bölsa, hammomning oqova suvlari qayerga çiqariladi? Yana bitta oqovali hovuz quriladimi?» deya savol qöygan şahrisabzliklar. Çunki 40ga yaqin uyda yaşovçilar şusiz ham kanalizatsiya oqovalaridan bezor bölgan.
Ana endi kanalizatsiya hovuzlari masalasida. Qançalik xunuk va sanitariya qoidalariga zid bölmasin, bizda markazlaşgan kanalizatsiya tarmoqlari örniga uylar oldida kiçik-kiçik oqova hovuzlari quriş urfga aylanib bormoqda. Xususan, yangi qurilayotgan köp qavatli uylar deysizmi, minglab qurilayotgan namunaviy loyihadagi hovlilar deysizmi, barçasida bittadan oqova suv hovuzçasi.



















