Çunki şundoqqina aholi darvozasi oldigaça vodoprovod tarmoği yetib kelgan. Odamlarga suv yetkaziş uçun allaqaçon davlat tomonidan tegişli mablağ ajratilganidan keyin ham quriliş korxonasining aybi, öz işini bajarmagani sababli aholi suvsizlikdan aziyat çekyapti.
Nişon tumanining «Baynalminal» mahallasida yaşovçi aholi Qaşqadaryodagi aksariyat tumanlar qatori içimlik suvini hovuzda (quduq) saqlaydi. Har bir xonadonning şaxsiy hovuzi bölib, ular içimlik suvi uçun oyiga kamida 60 ming söm mablağ ajratadi.


Darvoqe, «Baynalmilal»da xarid qilinadigan suvning narxi ham ikki xil: Qarşi şahridan maşinada keltiriladigan «çuçuk suv» 120 ming söm. Şu tumanning suv inşootlaridan olib kelinadigani esa — 60 ming. Aholi vakillarining sözlariga köra, keyingisining sifati pastroq, lekin arzon...
Mahallada ötgan asrning 70-yillarida qurilgan ikki qavatli uylar bölib, yuqori qavatda yaşovçilar uçun suv masalasi juda oğir bölyapti. Çunki, suv saqlaş mumkin bölgan quduqni havo böşliğida qurib bölmaydi-da.
Şokir bobo Kenjayev 79 yoşda. U kişi köp qavatli uyda yolğiz turadi. Har kuni uyiga çelaklab suv taşiydi. Suvsiz va kanalizatsiyasiz yaşaş tarzidan norozi otaxon bizga alam bilan savol qöymoqda: «Neçançi asrda yaşayapmiz?!»

Hovuzda oylab saqlanadigan suvni iste'mol qiliş sanitariya me'yorlariga zid. Qolaversa, mahalladagilar suvdan hali qurbaqa, hali kaltakesak çiqişidan ham bezor bölişgan.
Mahallaga suv tarmoği ötgan yili «Obod qişloq» davlat dasturi doirasida tortib kelingan. Fuqarolarning aytişiça, hududga toza içimlik suvi ötgan yili parlament va mahalliy kengaşlarga deputatlar saylanişida bir marta, keyingisi esa joriy yilda, mart oyining boşida kelgan.
Tuman «Suvoqova» işlab çiqariş korxonasi boşliği Ravşan Babayev holatga izoh berdi.
«Tarmoqlardan içimlik suvi yuboriş uçun katta mablağ kerak, elektr energiyasi sarflaymiz va boşqa xarajatlar bor. Şuning uçun, içimlik suvi oliş uçun aholi biz bilan şartnoma imzolaşi lozim. Belgilangan tölov tartibi va qoidalari bor. Agar şartnoma imzolansa, aytaylik, hisoblagiç bölmagan taqdirda ham 5 kişilik oila taxminan oyiga 20 ming söm tölov qilişiga töğri keladi. Ammo odamlar şartnoma qilişni istamaydi. Şuning uçun içimlik suvi berişni töxtatib turibmiz. Aholi şartnomaga rozi bölgan kuni içimlik suvi muammosi hal böladi», deydi u.























