Sönggi 4 yil mobaynida mamlakat «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52, «Logistika samaradorligi» indeksida – 19, «Doing Business» indeksida – 18 poğonaga, IHTTning «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflaş» tizimida 6-guruhdan 5-guruhga kötarildi, deb ta'kidlanadi hujjatda.
 
Norma’ning yozişiça, xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça respublika kengaşi taşkil etiladi. Uning asosiy vazifasi ustuvor bölgan xalqaro reyting va indekslarda Özbekiston örnini quyidagilar orqali yaxşilaşdan iborat:

mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib boriş, turli sohalarda amalga oşirilayotgan tub özgarişlarni hisobga oliş, şuningdek mazkur yönalişdagi işlarning samaradorligiga tösiq bölayotgan muammolarni bartaraf etiş;

davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimini takomillaştiriş, jamiyatni demokratlaştiriş, ilğor xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilişi sohasidagi islohotlarni amalga oşiriş böyiça taşabbuslarni ilgari suriş;

davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solişga qaratilgan NHH va ularning loyihalarini mamlakatimizning örniga ta'siri nuqtai nazaridan kompleks baholab boriş.
 
Kengaşning işçi organlari – Moliya va Adliya vazirliklari. Işçi organlar böyiça taqsimlangan ustuvor bölgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning örnini yaxşilaşga qaratilgan ta'sirçan çoralar işlab çiqilişi va amalga oşirilişi hamda uşbu yönalişda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilişi ustidan Kengaş tomonidan nazorat örnatiladi.
 
Ustuvor bölgan xalqaro reyting va indekslar böyiça mamlakatimizning örnini yaxşilaş – mas'ul davlat organlari birinçi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholaşning boş mezonlaridan biri. U böyiça eng muhim körsatkiçlar (KPI) belgilandi. Ularga erişiş maqsadida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan quyidagilar işlab çiqilişi va kengaşga tasdiqlaş uçun taqdim etilişi lozim:

2020 yilning ikkinçi yarmi davomida amalga oşirilişi lozim bölgan taşkiliy çora-tadbirlar dasturlari (bir oy muddatda);

kelgusi yilda amalga oşirilişi lozim bölgan taşkiliy çora-tadbirlar dasturlari (har yil 1 dekabrga qadar).