2019 yil 9 dekabrda Kun.uz'da «Urgut yölsozlaridan «innovatsion ğoya»: respublika ahamiyatidagi yölni şağal bilan ham ta'mirlaş mumkin», nomli maqola e'lon qilingan va unda respublika ahamiyatiga ega bölgan Urgut-Bulunğur avtomobil yölining Urgut tumani Ispanza qişloğidan ötgan qismi abgor ahvoldaligi hikoya qilingandi.

Maqolaga munosabat bildirgan Samarqand viloyat avtomobil yöllari hududiy boşqarmasi Urgut-Bulunğur 4R yölini ta'mirlaş 2020 yilgi rejaga kiritilişini ma'lum qilgandi.

Şu kunlarda Urgut-Bulunğur yölining aynan Kun.uz'da tanqid qilingan Ispanza qişloğidan ötgan qismida ta'mirlaş işlari boşlangan. Yölning uşbu uçastkasida asfalt yotqiziş işlari olib borilmoqda.

«Urgut-Bulunğur 4R respublika ahamiyatidagi yöl hisoblanadi. Bugun uşbu yölning 36-53 kilometrlari oraliğida ta'mirlaş işlarini boşlab yubordik. Bu uçun Moliya vazirligi qoşidagi yöl jamğarmasidan 1,3 milliard söm mablağ ajratilgan. Joriy yil ikkinçi çorakning yakunigaça özimizga belgilangan barça ta'mirlaş işlarini yakunlaymiz», deydi Urgut tuman yöllardan foydalaniş unitar korxonasi rahbari Eşmahmad Obloyorov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.