Tvitterdagi sahifasida Bayden «millat ruhi uçun» kuraş boşlangani haqida yozdi.

Tahlilçilarning fikriça, Baydenning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy mavzu koronavirusga qarşi kuraş, işsizlik va irqçilikka qarşi ommaviy namoyişlar masalalari böladi.

Praymeriz yakunlariga köra Bayden partiyaning 1990dan ortiq delegati ovozini qölga kiritgan va bu partiyaning rasmiy nomzodi böliş uçun yetarli hisoblanadi.

«Biz birgalikda millatimiz ruhi uçun kuraşda ğolib çiqa olamiz», degan Bayden.

Jo Bayden prezident Barak Obama davrida vitse-prezident lavozimida işlagandi.

Praymeriz boşlangada u Ayova va Nyu-Hempşir ştatlarida yutqazgandi, ammo Janubiy Karolinada u asosiy raqibi Berni Sandersga qaqşatqiç zarba berdi, şundan söng uning kampaniyasi tempni oşirdi, raqiblari esa sahnani birin-ketin tark eta boşladi.

«Men Demokratik partiyaning eng salohiyatli nomzodlari bilan kuç sinaşganimdan faxrlanaman, yana şuning uçun ham faxrlanamanki, saylovlar oldidan saflarimizda birlik hukmron», degan Bayden.

Bayden ayni vaqtda 77 yoşda. U uçinçi marta AQŞ prezidentligi uçun saylovda qatnaşmoqda.

Obama Baydenning prezidentlikka nomzod bölişini ma'qullagan / GETTY IMAGES

Demokratik partiya a'zolari koronavirus tufayli 8 ştatda va uç hududda praymeriz ötkaza olişmadi.