Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar epidemiyalar uchun insoniyat tomonidan “ideal sharoitlar” yaratilganidan ogohlantirishdi
Liverpul instituti olimlarining ta'kidlashicha, insoniyat tomonidan yovvoyi tabiatdan insonlarga kasalliklar o‘tishi va keyinchalik butun dunyo bo‘ylab tarqalishi uchun “ideal sharoitlar” yaratilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ekotizimlarning faol o‘zgarishi, jumladan o‘rmonlar kesilishi odamlarning yangi viruslarga chalinishiga olib keladi.
“Oxirgi 20 yil ichida 6 ta yirik tahdidlarga to‘qnash keldik. Ular - o‘tkir respirator sindrom, Yaqin Sharq respirator sindromi, Ebola bezgagi, parranda va cho‘chqa gripplari hamda koronavirus. Biz ulardan beshtasining og‘ir oqibatlaridan qocha oldik, biroq oltincha marta buning uddasidan chiqa olmadik”, deb aytgan professor Mettyu Beylis.
Olimlarning fikricha, kelgusida yangi kasallik pandemiyasi boshlanishi ehtimoli mavjud. Shu sababli mutaxassislar mavjud kasalliklar haqida katta hajmdagi axborotni tahlil qiluvchi va ushbu kasalliklardan qay biri insoniyatga xavf solishini aniqlaydigan tizim ishlab chiqishgan.
Ular ushbu tizim turli kasalliklarni o‘rganish uchun mablag‘larni samarali taqsimlashga va shu yo‘l bilan epidemiyalar oldini olishga yordam berishiga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 03.07.2026
JSST hantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi
21:57 / 24.06.2026
Kongodagi hozirgi Ebola epidemiyasi tarixdagi eng keng ko‘lamlisi bo‘ldi - JSST
17:44 / 02.06.2026
Ebola virusining O‘zbekistonda tarqalish xavfi past - Sanepidqo‘mita
20:13 / 19.05.2026