Namoyişlari boşlanganiga 12 kun böldi, ammo…

Afroamerikalik Jorj Floyd politsiya zöravonligi tufayli vafot etganidan söng Amerikada boşlangan noroziliklar butun mamlakat böylab tarqalib, politsiyaning moliyaviy resurslarini qisqartiriş va hatto tugatiş haqidagi munozaralarni kun tartibiga olib çiqdi.

Noroziliklar boşlanganiga qariyb 2 hafta böldi. Ammo tinç namoyişlar paytida ham kameralarga politsiya zöravonligi tez-tez tuşib qolayotgani jamoatçilikning politsiyaga nisbatan ğazabini yanada kuçaytirmoqda.

Xususan, Floydning öldirilişi ortidan davom etayotgan namoyişçilarga şafqatsiz munosabatda bölinişi, ayniqsa, Nyu-Yorkning Buffalo şahrida ikki nafar politsiya xodimi 75 yoşli faolni itarib yiqitgani va uning yaralanişiga sabab bölgani politsiya bölimlarining neçoğlik kerakligi xususidagi masalani örtaga çiqardi.

Bahslar mundarijasida nimalar bor?

Namoyişçilarning politsiya zöravonligiga qarşi islohotlarni talab qilişlari mundarijasida politsiya idoralarini qisqartiriş va hatto butunlay tugatiş haqidagi munozaralar ham bor.

Bugungi kunda AQŞda politsiyaçilar, birinçi navbatda, uysizlik, giyohvandlik va ruhiy kasallik kabi muammolar bilan şuğullanmoqda. Şu bois ayrimlar bunday ijtimoiy muammolar uçun ajratilgan budjetni politsiyaga emas, ijtimoiy xizmatlarga ötkaziş mumkinligini ta'kidlamoqda.

Kim qanday islohot tarafdori?

Politsiyani isloh qiliş yölidagi ilk çaqiriqlar Floyd vafot etgan Minnesota ştatidagi Minneapolis şahrida yangradi. Şundan söng Minneapolis ma'muriyati «hibsga oliş paytida politsiya tomonidan gumonlanuvçining böynidan siqiş amaliyotini taqiqlaş» töğrisida qaror qabul qildi.

Minneapolis şahar kengaşining ba'zi a'zolari «politsiya bölimini tugatiş orqali jamoat xavfsizligini ta'minlovçi» yangi modelni taklif qilişmoqda.

Minnesota ştati Demokratik vakillar palatasi a'zosi Ilhan Umar ham politsiya bölimini tugatiş haqidagi taklifni qöllab-quvvatlamoqda.

Minneapolis meri Jyeykob Frey esa politsiyani butunlay yöq qiliş haqidagi fiklarni yoqlamayapti. Şu bilan birga, islohotlar tarafdori ekanligini ta'kidlayapti.

6 iyun kuni Minneapolisda bölib ötgan namoyişning minglab iştirokçilari esa «politsiya tizimining moliya bölimini tugatiş» kerakligiga urğu berdi.