«2020 yil 8 iyun soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4404 (+52) nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 29 nafari Karantin markazidagi (barçasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 18 nafari Toşkent şahrida (jumladan, «Örikzor» savdo majmuasi sotuvçisining qarindoşlari va qöşnilari, «Ravnaq bank»ning Şayxontohur filiali xodimi), 3 nafari Namangan viloyatida (şundan 2 nafari viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari), 1 nafari Toşkent viloyatidan («Örikzor» savdo majmuasi sotuvçisining qarindoşi) aholi orasida, qolgan 1 nafari Sirdaryo viloyatida Rossiyadan çegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 3357 (+3) nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan fuqarolar (2 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Toşkent şahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida) soğaydi», – deyiladi xabarda.
Hozirda Özbekistonda Covid-19`dan davolanayotgan bemorlar soni 1030 nafarni taşkil etmoqda.
Bugun soat 10:00 holatiga bemorlar soni 21 nafarga ortgani xabar qilingandi.
Eslatib ötamiz, keça – 7 iyun kuni kunlik yangi holatlar rekord darajada köp qayd etildi: bemorlar soni bir kunda 237 nafarga ortib ketdi. Ulardan 217tasi aholi orasida, 195 nafari Toşkent şahrida qayd etildi.
Namanganda bir nafar içki işlar xodimida virus aniqlangani haqida 6 iyun kuni


















