«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga çalingan fuqarolar soni 4 ming 352 nafarga yetdi. 7 iyun kuni 86, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 354 nafar, ya'ni 77 foiz bemor töliq soğaygan. Soğliqni saqlaş vazirligi taqdim etgan ma'lumotga köra, şifoxonalarda 981 bemor davolanmoqda, 6 nafarining ahvoli oğir, 2 nafarining ahvoli öta oğir. 45 mingdan köproq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 22 mingga yaqini statsionar şaroitda karantinga joylaştirilgan.

Hurmatli yurtdoşlar! Koronavirus kasalligi böyiça epidemik vaziyat öta murakkabligiça saqlanib turibdi. Kuni keça qayd etilgan Toşkent şahridagi 195 nafar, Toşkent viloyatidagi 10 nafar, Xorazm viloyatidagi 8 nafar va Sirdaryo viloyatidagi 4 nafar bemor aholi orasidan qayd etilgan.

Bundan körinib turibdiki, vaziyat murakkablaşib bormoqda. Har birimiz köçaga çiqiş, muloqotga kirişiş orqali kasallaniş ehtimolimiz borligini unutmasligimiz kerak. Karantin tadbirlariga töliq rioya qiling. Doka niqobda böling, muloqotlarda oraliq masofani saqlang, uyga qaytganingizdan keyin antiseptik vositalardan foydalaning.

Ming afsuski, aholi orasida bu kabi tavsiyalarga panja orasidan qarayotgan, befarq munosabatda bölayotganlar köpayib ketyapti. Vaziyat murakkablaşib borayotganini bilib turibsiz. Uni ijobiy yoki salbiy tomonga özgartiriş har birimizning harakatimizga boğliq ekanini unutmang», degan boş davlat sanitariya inspektori öz bayonotida.

Ma'lumot uçun, 8 iyun kuni tongida ham jami 21 kişida virus aniqlandi, şundan 8tasi aholi orasida qayd etilgan (Navoiy viloyatida 5, Toşkent viloyatida 3 holat).