«2020 yil 8 iyun soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4352 nafarni taşkil etmoqda.
 
Yangi kasallaniş holatlarining 7 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib karantinga olingan fuqarolarda, 5 nafari Navoiy viloyatida aholi orasida, qolgan 6 nafari Toşkent viloyatida (şundan 3 nafari xorijdan çegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari, yana 3 nafari esa aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

7 iyun kuni jami 237ta yangi zararlaniş holati qayd etildi va bu kunlik ösiş böyiça rekord körsatkiçdir. 

7 iyun kuni 86 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 3354 nafarga yetdi. 

Hozirda şifoxonalarda 981 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafari oğir, 1 nafari esa öta oğir ahvolda.