Soğliqni saqlaş vazirligi 5-6 iyun kunlari aholi orasida qayd etilgan kasallaniş holatlari böyiça batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi.
«Hamon aniq davo çorasi topilmagan koronavirus pandemiyasi dunyoni xavotirda uşlab turibdi. Köplab davlatlar qatori yurtimizda ham koronavirus infeksiyasiga qarşi samarali olib borilayotgan çora-tadbirlar öz natijasini berib, karantin tadbirlari asta-sekin yumşatilayotgan bölsa-da, karantin qoidalariga qat'iy amal qiliş dolzarb bölib turibdi. Negaki, mamlakatimizning turli hududlarida aholi orasida koronavirus qayd etiliş holatlari uçrab turibdi.
Misol uçun, avval xabar qilganimizdek, 4 iyun kuni davomida koronavirus aniqlangan 96 nafar bemordan 13 nafari aholi orasida aniqlangan. 5 iyun kuni esa, umumiy kasallaniş kösatkiçi kamayib, 68 nafarni taşkil etgan bölsa-da, ulardan 17 nafari aholi orasidan aniqlangan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Ma'lum qilinişiça, 5 iyun kuni qayd etilgan holatlarning 9tasi Toşkent şahrida, 4tasi Qaşqadaryo viloyatida, 2tasi Toşkent viloyatida aniqlangan, Namangan va Buxoro viloyatlarida ham aholi orasida bittadan holat qayd etilgan.
Jumladan, Toşkent şahridagi Olmazor tumanida nafaqadagi fuqaroda, Uçtepa tumanidagi «Örikzor» savdo majmuasida yana bir dökon sotuvçisi va uning 5 nafar oila a'zosi (onasi, ikki nafar qizi, öğli va jiyani)da koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.
Aynan «Örikzor» savdo majmuasida ötgan may oyi davomida yuk taşuvçi bölib işlagan, söngra doimiy yaşaş manzili Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumaniga qaytgan fuqaro va uning 3 nafar oila a'zosi (2 nafar akasi va qizi)da ham uşbu kasallik aniqlandi.
Toşkent viloyati infeksiya aniqlangan fuqarolarning 1 nafari Oqqörğon tumanidan bölib, harorati kötarilgan va namuna topşirgan. Yana bir holat esa Qibray tumanida yaşovçi fuqaroda qayd etilgan. U Yunusobod bozorida ziravorlar savdosi bilan şuğullanib kelgan.
Bundan taşqari, Namangan viloyati


















