Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga imtihonlarni umumiy pavilonlarda onlayn translatsiya orqali o‘tkazish taklif qilindi
Magistratura bosqichiga qabul imtihonlarini umumiy pavilonlarda onlayn translatsiya orqali o‘tkazish taklif etildi.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida magistratura bosqichiga qabul imtihonlarini umumiy pavilonlarda onlayn translatsiya orqali o‘tkazish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda magistraturaga kirish sinovi oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilmoqda. Bakalavriat bitiruvchilari va ularning ota-onalari tomonidan kirish sinovlari oliy ta'lim muassasalarida o‘tkazilishi sababli ko‘plab korrupsiogen holatlar yuz berayotganligi haqida ko‘plab e'tirozlar bildirilmoqda.
“Shu sababli, magistratura bosqichiga qabul jarayonini jamoatchilik muhokamasi asosida qaytadan ko‘rib chiqish zarur. Qabul jarayonini oliy ta'lim muassasasida emas, balki umumiy pavilonlarda, videokamera kuzatuvi asosida onlayn translatsiya qilish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o‘ylayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, magistratura bosqichiga qabul imtihonlarini umumiy pavilonlarda onlayn translatsiya orqali o‘tkazish taklif qilingan.
Mavzuga oid
19:01 / 27.09.2025
Magistraturaga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi
18:43 / 23.09.2025
Magistr ayollar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplash bo‘yicha ariza berish muddati uzaytirildi
18:20 / 31.08.2025
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi
14:14 / 30.08.2025