O‘zbekiston | 09:24 / 11.06.2020
1631
3 daqiqa o‘qiladi

Rieltorlik faoliyatining Yagona elektron multilisting tizimi yaratiladi

O‘zbekistonda Yagona elektron multilisting tizimi yaratiladi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona elektron multilisting tizimini yaratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining rieltorlik faoliyatining Yagona elektron multilistingi tizimi (YaEMT)ni yaratish mo‘ljallanmoqda.

YaEMTni milliy elektron xizmat ko‘rsatish tizimiga integratsiyalashuvini ta'minlash va YaEMTni bevosita boshqarish va uzluksiz xizmat ko‘rsatishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida “Milliy multilisting tizimi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda “Milliy multilisting tizimi” DUK ustavini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlaydi.

Quyidagilar “Milliy multilisting tizimi” DUK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

ko‘chmas mulk va ularga bo‘lgan huquqlarga bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishga imkon beradigan YaEMT ko‘chmas mulk bozori platformasini yaratish;

bozor narxini oshkora va shaffof shakllantirish imkonini beradigan ko‘chmas mulk bozorining YaEMT platformasini yaratish;

YaEMT orqali O‘zbekiston Respublikasining hududidagi barcha sotilayotgan ko‘chmas mulk obektlari haqida ishonchli axborotni real vaqt rejimida olishni ta'minlash;

ko‘chmas mulk obektlari bozorining sub'yektlariga mutlaq huquqlarni taqdim qiluvchi eksklyuziv shartnomalar asosida YaEMTdan foydalanishni va yagona ko‘chmas mulk obektlari ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

ko‘chmas mulk bozori barcha ishtirokchilarining manfaatlarini himoya qilish;

ko‘chmas mulk va ularga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq bitimlarning so‘zsiz bajarilishini ta'minlashga zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish;

rieltorlik tashkilotlar va rieltorlarning reytingini aniqlash;

YaEMT platformasining uzluksiz xizmat ko‘rsatishini texnik jihatdan ta'minlash.

Belgilab qo‘yilishicha:

O‘zbekiston Respublikasining hududidagi ko‘chmas mulk obektlarini ijaraga berish, sotish bilan qonunda belgilangan tartibda shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub'yektlari mazkur qarorda belgilangan tartibda YaEMTga ulanishi lozim;

O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkni va unga bo‘lgan huquqlarni sotish paytida mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazilishini ro‘yxatdan o‘tkazish faqat YaEMT reyestridan elektron ko‘chirma va xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan bitimni to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni depozitga qo‘yilganligi elektron tasdiqlangan taqdirda amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid