Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev 9 iyun, seşanba kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazgan.

Prezident matbuot xizmatining yozişiça, yiğiliş davomida Şavkat Mirziyoyev Xitoy tajribasidan kelib çiqib, kambağallik darajasi yuqori bölgan qişloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga kömaklaşiş tizimini yaratiş, oilaviy tadbirkorlik va tomorqaçilikni rivojlantiriş böyiça topşiriqlar bergan. U yiğilişda şuningdek, davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yil muddatga şunday hududlarga mehnat faoliyati uçun yönaltiriş taklifini ham bildirgan. Bugun uşbu xabar ijtimoiy tarmoqlarning öz segmentida faol muhokama qilinmoqda.

Kun.uz muxbiri xabarga oydinlik kiritiş maqsadida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov bilan suhbatlaşdi.Markaz direktori suhbat davomida Özbekiston iqtisodiyotiga oid boşqa bir qança masalalar böyiça  ham fikrlarini bildirdi.

— Bu taklifning mazmunida nima közlangan va qanday natijalarga erişişimiz mumkin?

– Bu taklifning tagida nima yotibdi? Davlat rahbarining maqsadlari nima edi? Bu savollarga javob beriş muhim.

Özbekistonda kambağallikni qisqartiriş uçun qilinayotgan harakatlar doirasida bu taklif ilgari surildi. Biz şunça yil mustaqil davlat sifatida şakllangan bölganimiz bilan 2020 yilgaça kambağallik degan sözni umuman işlatmaganmiz. Rivojlanayotgan davlatlarda kambağallikni qisqartiriş böyiça strategiya dasturlari böladi. Ilgari bizda şu kabi dasturlar qilinardi-da, lekin boşqaça nomlanardi. Kambağallik sözi işlatilmagan. Buning nomini biz farovonlikni oşiriş strategiyasi deb aytardik. Bu sözni işlatişga ham qandaydir tösiqlar bölgan. 2020 yilda Oliy Majlisga prezident murojaatnomasida kambağallikka qarşi kuraş böyiça maqsadlar belgilab berildi.

Kuni keça bölgan yiğilişlarda keyingi qadamlar belgilandi. Kambağallikni aniqlaş, yaşaş minimumini belgilaşning qonuniy asoslarini yaratiş, kambağallikning çegarasini aniqlaş böyiça işlar, ijtimoiy reyestrni şakllantiriş kambağallikka qarşi kuraş böyiça eng muhim qadamlarimizdir.

Kambağallikdan çiqariş deganda köpçilik odamlarga iş bersak, ular daromadga ega bölsa, öz-özidan kambağallikdan çiqib ketadi degan fikr mavjud. Kambağallikka qarşi kuraş – kompleks va murakkab jarayon. Jahon tajribasini örganadigan bölsak, kambağallikka qarşi kuraşda muvaffaqiyatlarga erişilganini köriş mumkin. Lekin tor doirada öylab, kambağallikni qisqartiriş böyiça kompleks çoralarni amalga oşirmasdan muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan mamlakatlar ham bor. Dunyoda kambağallikka qarşi kuraşda katta muvaffaqiyatga ega bölgan davlatlardan biri Xitoyni oladigan bölsak, 1981 yilda Xitoyning 88 foiz aholisi kambağallikda yaşagan. 2015 yilga kelib, kambağallikda yaşayotganlarning uluşi 0,7 foizga yetgan. Xitoy 850 mln aholisini kambağallikdan çiqargan. Kambağallikdan çiqariş böyiça Xitoy tajribasini köradigan bölsak, u yerda ikkita garantiya va uçta garantiya degan strategiya qöllanilgan.