Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 23 kunlik chaqaloq odam savdosi qurboni bo‘ldi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 3 iyun kuni soat taxminan 15:30larda, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro, 22 yoshli N.Yo. o‘zining 11 may kuni tug‘ilgan 23 kunlik chaqaloq farzandini qonunga xilof ravishda Navoiy shahrida yashovchi fuqaro N.I.ga 3.000.000 so‘mga sotishga kelishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, N.Yo. chaqalog‘ini sotib, ushbu kelishilgan pullarni Navoiy shahridagi “Navoiy” jome masjidi yonida olgan vaqtida, o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan N.Yo.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026
Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
10:34 / 04.03.2026