Starbucks keyingi 18 oy içida AQŞda 400tagaça qahvaxonani yopiş rejalari haqida e'lon qildi. Bu haqda Qimmatli qoğozlar va birjalar böyiça komissiyasiga yuborilgan arizada aytiladi. Kompaniya prezidenti Kevin Jonson imzolagan maktubda ta'kidlanişiça, kompaniya Starbucks Pickup deb nomlangan qahvaxonalarning yangi formatini joriy qilmoqda.
Starbucks Pickup qahvaxonalari qahvani oldindan buyurtma qiliş va unga Starbucks mobil ilovasi orqali pul tölaşni afzal köruvçi mijozlarga, şuningdek Uber Eats orqali buyurtmalarini qabul qilib olişni istovçilar uçun möljallangan. Xatda şuningdek, Starbucks mobil buyurtma texnologiyasini rivojlantiriş, aloqasiz uşlaş texnologiyasini joriy qilişni va an'anaviy qahvaxonalarga taşrif buyuruvçilar sonini kamaytirişni rejalaştirayotgani aytilgan.
Tahlilçilar bunday qadamni qahva gigantining an'anaviy biznes-modeli fonida radikal deb ataşdi. Sobiq boş direktor Govard Şuls brendni qahvaxonalar mijoz uçun «uçinçi örin» - uy va işdan taşqari, döstlar bilan muloqot qiliş, işlar haqida kelişiş yoki şunçaki vaqtni yaxşi ötkazadigan noyob joy sifatida yaratgandi.
Öz navbatida, yangi xatda kompaniya yangi formatni işlab çiqiş va umuman biznes-modelni özgartiriş ğoyasi koronavirus pandemiyasidan oldin paydo bölganligini tuşuntirdi.
«COVID-19 tarqalişidan oldin, AQŞda Starbucks qahvaxonalaridagi operatsiyalarning taxminan 80 foizi avtomatik amalga oşirilayotgan edi. Bu dinamika bizning boşqaruv guruhimizni AQŞdagi strategiyani qayta körib çiqişga undadi va çakana savdoda uzoq muddatli iştirokimizni qanday rivojlantirişimiz mumkinligi aniqlandi», - deyiladi xatda.

















