Superliga. 4-tur
13 iyun (shanba)
«BUNYoDKOR» — «QO‘QON-1912»

O‘yin boshlanish vaqti: 19:00

TV-translatsiya: «Sport» (jonli)

Turga start beruvchi uchrashuv 13 iyun kuni Toshkentda «Bunyodkor» va «Qo‘qon-1912» o‘rtasida kechadi. O‘tgan uch turdan keyin turnir jadvalida 6 ochkodan to‘plagan klublar o‘rtasidagi bahs qiziqarli o‘tishi aniq. Vadim Abramov jamoasi o‘z uyida to‘pga egalik qilish evaziga g‘alaba haqida o‘ylayshsa, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari qarshi hujum va standart vaziyatlari hisobiga Toshkentdan ochko bilan qaytishlari mumkin. Yil boshida OChLda «Bunyokdor» sharafini himoya qilgan Murod Xolmuhammedov sobiq jamoasiga qarshi bahsda qo‘qonliklaring asosiy figurasiga aylanishi mumkin.

Toshkentdagi oxirgi 3 o‘yin:

2019 yil: «Bunyodkor» – «Qo‘qon-1912» - 2:1 

2018 yil: «Bunyodkor» – «Qo‘qon-1912» - 1:3 

2017 yil: «Bunyodkor» – «Qo‘qon-1912» - 2:1 

«QIZILQUM» — OKMK
O‘yin boshlanish vaqti: 20:00

TV-translatsiya: «Mahalla» (jonli)

«Qizilqum» va OKMK o‘rtasidagi bahs ham barchaning e'tiborida turishi aniq. Navoiy klubi Tachmurod Agamurodov boshchiligidagi ilk uchrashuvini Mirjalol Qosimov jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ikki baquvvat homiyga ega Navoiy va Olmaliq shaharlarining klublari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan jangovarlik kutish mumkin. Olmaliq jamoasi so‘nggi marta 2009 yilda Navoiydan g‘alaba bilan qaytgan. Ular bu safar 11 yil oldingi natija uchun kurashishsa, bu mavsum g‘alaba nimaligini bilmagan mezbonlar noxush an'anani buzishga intilishadi.

Navoiydagi oxirgi 3 o‘yin:

2019 yil: «Qizilqum» – OKMK - 3:1

2018 yil: «Qizilqum» – OKMK - 2:1 

2017 yil: «Qizilqum» – OKMK - 2:2