Ma'lum qilinişiça, bugun prezident Usmon Ulfatoviç Şarifxöjayevni Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlaş töğrisidagi qarorini imzolagan.

Usmon Şarifxöjayev 2018 yildan buyon prezident administratsiyasida ta'lim sektori mudiri sifatida işlab kelayotgan edi. U muqaddam Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliğining örinbosari lavozimida işlagan.

Xalq ta'limi vazirining sobiq birinçi örinbosari Alişer Umarov şu yilning fevralida Toşkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimiga ötkazilgandi.

Bundan avvalroq Rustam Karimjonov Xalq ta'limi vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.