Bugun aniqlangan 97ta holatda kasallik qayd etilgan. Şundan 85tasi karantin muassasalarida, 5tasi aholi orasida (şundan 3tasi Qoraqalpoğiston Respublikasida, 2tasi Toşkent şahrida), qolgan 7tasi esa xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari orasida aniqlangan. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.
Bugun Toşkent şahrida 85 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar , Navoiy viloyatida 14 nafar hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida 2 nafar bemor soğaydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4966 nafar bemordan 3874 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 78 foizni taşkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1073 nafar bemordan 12 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda.
Hozirda Özbekistonda uy karantinida 26 960 nafar, statsionar karantinda esa 22 497 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.













