O‘zbekiston | 14:00 / 14.06.2020
4090
2 daqiqa o‘qiladi

Endi tuproq tarkibini tekshirtirish uchun laboratoriyaga borish shart emas. Mobil laboratoriya dalaning o‘zida xizmat ko‘rsatadi

Fermer xo‘jaliklari, klasterlar va tomorqa yer egalariga tezkor tuproq xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida «TUPROQ KLINIKASI» mobil laboratoriyasi tashkil etildi. U dalaning o‘zida tuproqning ozuqa elementlari bilan ta'minlanishi, sho‘rlanish va tuproqning boshqa xossalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

«Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti bir qator olimlari tomonidan hududlarda fermer xo‘jaliklari, klasterlar va tomorqa yer egalariga tezkor tuproq xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida «TUPROQ KLINIKASI» mobil laboratoriyasi tashkil etildi.

Davergeodezkadastr qo‘mitasi rahbariyatining topshirig‘iga asosan ushbu mobil laboratoriya bevosita hududlarda dalaning o‘zida tuproqning ozuqa elementlari bilan ta'minlanishi, sho‘rlanish, tuproq muhiti -rN va boshqa tuproq xossalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi», deya Davergeodezkadastr qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ne'matjon Atamuratov.

Qayd etilishicha, tuproq xususiyatlari joyning o‘zida institut olimlari tomonidan mobil laboratoriya yordamida diagnostika qilinadi. Tahlil natijalari asosida yer egalariga kerakli tavsiyalar beriladi.

«Dastlabki xo‘jalik shartnomasi Buxoro viloyatidagi «BUXORO SeRVIS» agroklasteri bilan tuzildi va agroklasterning Vobkent tumani «Yangi hayot» massividagi sug‘oriladigan yerlarning holati o‘rganildi, tegishli tuproq xaritalari tuzildi va tavsiyalar berildi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar boshqa hududlardagi fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va tomorqa yer egalari yerlarida ham davom ettiriladi», deyiladi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti axborot xizmati xabarida.

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid