«2020 yil 14 iyun soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4994 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 7 nafari karantin markazidagi (barçasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toşkent viloyatida (şundan 4 nafari xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisi, 6 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib karantinga olingan), 9 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 2 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
13 iyun kuni 97ta yangi holat qayd etilib (şundan 5 nafari aholi orasida), 116 bemor tuzaldi va şu vaqtgaça tuzalganlar soni 3874 nafarga yetdi.
Hozirda şifoxonalarda 1101 bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda.
- Eslatib ötamiz, Surxondaryo viloyatida mart oyidan buyon 44ta kasallaniş holati qayd etilgan, bemorlardan biri vafot etdi, 43 nafari tuzaldi, bemorlarning sönggisi 20 may kuni tuzalgan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.
- Bungaça Navoiy, Buxoro, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ham koronavirusga çalinganlarning barçasi tuzalib, uşbu hududlarda bemor qolmagan, ammo keyin yana yangi holatlar aniqlana boşlagandi. Ayni vaqtda faqat Jizzax va Farğona viloyatlari koronavirusdan xoli hududlar bölib qolmoqda.












