Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirida koronavirus aniqlandi
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov 14 iyun kuni koronavirusga chalingani va shifoxonaga joylashtirilganini ma'lum qildi. U qozog‘istonlik vazirlar orasida koronavirusga chalingan ilk kishi bo‘ldi.
“Do‘stlar, afsuski, yoqimsiz xabarni ma'lum qilishimga to‘g‘ri kelmoqda. Koronavirusga topshirgan oxirgi testim musbat natija berdi. Afsuski, bu koronavirusning alomatsiz shakli emas, shu sababli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildim”, deb yozgan Birtanov Facebook’da.
Uning ta'kidlashicha, qat'iy sanitar choralarga qaramay, har doim virus yuqtirib olish xavfi saqlanib qoladi. “Oxirgi kunlarda bir qator hududlarda virusga chalinganlar soni o‘sishi kuzatilmoqda, jumladan, tadbirkorlar, korxonalar ishchilari, tibbiy xodimlar, davlat xizmatchilari, OAV xodimlarida orasida. Hozirda ko‘plab hamyurtlarimiz global inqiroz va pandemiya bilan bog‘liq muammolarni hal qilish ustida jadal ishlashmoqda. Ba'zida bizga shaxsiy uchrashuvlar, hududlarga safarlar amalga oshirish talab etiladi, shu sababli bizda koronavirusga chalinish xavfi yuqoriroq. Shu sababli barcha qozog‘istonliklardan “shaxsiy karantin”ga rioya qilishni qat'iy so‘rab qolaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Birtanov.
Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi sababli 16 martdan 11 aprelgacha favqulodda vaziyat rejimi amal qilgandi. Karantin choralari respublikaning turli hududlarida hali ham saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda respublikada koronavirusga chalinganlar soni 14496 nafarni, undan vafot etganlar soni 73 nafarni tashkil qilmoqda. So‘nggi sutkada 258 kishida koronavirus aniqlangan. Shu bilan birga 9114 kishi virus asoratlaridan sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024