Joriy yilning 14 iyun kuni taxminan soat 01:44da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga (FVB) Xöjaobod tumani «Mustahkam» MFY, E.Qosimov köçasi 17-uyda joylaşgan MÇJ hududida yonğin sodir bölganligi töğrisida ma'lumot kelib tuşgan.
FVV xabarida aytilişiça, yonğin oqibatida taxminan 1200 m2 maydonning içki qismidagi tikuv dastgohlari va yarim tayyor mahsulotlariga zarar yetgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVBning rahbariyati boşçiligida 13ta yonğin öçiriş ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor çoralar natijasida yonğin soat 02:15da örab olinib, soat 03:45da töliq bartaraf etildi.
Qutqaruvçilarning sa'y-harakatlari tufayli mazkur sexning yertölasidagi qiymati 3 milliard sömlik tayyor mahsulotlar, 6 ta «Isuzu» avtobusi saqlab qolindi.
Ayni vaqtda yonğinning kelib çiqiş sabablari örganilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

















