Toşkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğaydi.
 
Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 12 nafari ayol bölib, yoşi kattasi 69 yoşda bölsa, yoşi kiçigi 3 yoşli qizaloq.

Endilikda Toşkent şahrida koronavirus infeksiyasidan soğayganlar 1930 nafarga yetdi.

Bundan avvalroq Toşkentda 22, Buxoroda 10 va Namanganda 4 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğaygani xabar qilingandi. 

Şunday qilib, bugun jami 69 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar 3943 nafarni taşkil etmoqda.

Ayni vaqtda şifoxonalarda jami 1089 bemor davolanmoqda, şundan 12 nafari oğir, 2 nafari esa öta oğir ahvolda.