Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga köra, polkovnik Alişer Töxtayeviç Norboyev Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining qurollaniş va qurollantiriş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Alişer Töxtayeviç Norboyev

Mazkur tayinlovga qadar polkovnik Alişer Norboyev Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Boş ştabi artilleriya boşqarmasi boşliği – artilleriya qömondoni bölgan.

Alişer Norboyev 1979 yil 1 iyulda Qaşqadaryo viloyati, Qarşi şahrida tuğilgan. 2000 yil Samarqand oliy harbiy avtomobil qömondonlik muhandislik bilim yurtini, 2009 yil Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar akademiyasini, 2018 yilda Mixaylovsk artilleriya akademiyasining (Rossiya Federatsiyasi) malaka oşiriş kursini bitirgan.

Polkovnik Zoirjon Gulimmatoviç Bozorboyev Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Moddiy-texnik ta'minot böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Zoirjon Gulimmatoviç Bozorboyev

Uşbu tayinlovga qadar polkovnik Zoirjon Bozorboyev Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik ta'minot boş boşqarmasi boşliği lavozimida xizmat qilgan.

Zoirjon Bozorboyev 1974 yil 19 sentyabrda Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tuğilgan. 1995 yilda Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtini, 2011 yilda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar akademiyasini tamomlagan.

Polkovnik Farhodjon Ortiqoviç Şermatov Şimoli-ğarbiy harbiy okrugi qöşinlari qömondoni lavozimiga tayinlandi.

Farhodjon Ortiqoviç Şermatov

Bunga qadar polkovnik Farhodjon Şermatov Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Kadrlar boş boşqarmasi boşliği edi.