Prezident “Nizolarni muqobil hal etişning mexanizmlarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Qayd etilişiça:

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq işni sudda körişga tayyorlaş paytida sudya taraflardan kelişuv bitimini tuziş ehtimolini yoki nizoni hal qilişning muqobil usullari ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tuşuntiradi;

huquqiy jamiyatda nizoni hal etişning muqobil mexanizmlari yaratilişi jismoniy va yuridik şaxslarning buzilgan huquqlarini tiklaşga erişişning samarali vositasi sifatida baholanadi.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 1 avgustdan boşlab eksperiment tariqasida:

Davlat bojxona qömitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi hamda Namangan, Buxoro va Toşkent viloyatlari hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik şaxslar hamda davlat organlari örtasidagi nizolarni sudgaça hal qiliş böyiça apellyatsiya kengaşlarini taşkil etiş töğrisidagi;

jismoniy va yuridik şaxslarning davlat organlari yoki mansabdor şaxslarning ğayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida öz huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengaşi tomonidan körib çiqilişi tartibini örnatiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Belgilanişiça, mazkur tartib jismoniy va yuridik şaxslarning bunday işlar yuzasidan töğridan-töğri boşqa vakolatli davlat organlariga murojaat qiliş huquqini istisno etmaydi.

Quyidagilar Apellyatsiya kengaşining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

jismoniy va yuridik şaxslar hamda davlat organi örtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgaça körib çiqiş va xulosa qabul qiliş orqali ularni hal etiş çoralarini köriş;

murojaatni körib çiqişda qonun hujjatida turliça talqin etilişi mumkin bölgan normalar aniqlangan, u amaliyotda notöğri yoki ziddiyatli tarzda qöllanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy şarhlaşni taşkillaştiriş böyiça çoralarni köriş;

murojaatni körib çiqişda aniqlangan qonun hujjatlaridagi böşliqlarni bartaraf etiş böyiça takliflar kiritiş.