Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Hozirgi vaqtda Qozoğistonning birinçi prezidenti özini özi yakkalaş rejimida bölib turibdi. Elboşining koronavirus infeksiyasiga ötkazilgan sönggi testi musbat natijani körsatdi. Xavotirga sabab yöq

Nursulton Nazarboyev masofadan turib işlaşda davom etmoqda», - deyiladi uning matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq, Qozoğiston soğliqni saqlaş vaziri Yeljan Birtanov 14 iyun kuni koronavirusga çalingani va şifoxonaga joylaştirilganini ma'lum qilgandi. 

Şundan söng, Qozoğiston boş vaziri Asqar Mamin soğliqni saqlaş vaziri Yeljan Birtanovda koronavirus aniqlangandan keyin özini yakkalaşga qaror qildi.

Maminning koronavirusga topşirgan testi manfiy çiqqan. 12 iyunda Maminning Jambil viloyatiga işçi safari vaqtida Birtanov unga hamrohlik qilgan. Birtanovda koronavirus aniqlangani ma'lum bölgaç, Mamin koronavirusga test topşirgan va uning natijasi manfiy çiqqan. Boş vazir videoaloqa orqali işlaşni davom ettirmoqda.  

Iyun boşida koronavirus Qozoğiston prezidenti matbuot kotibi Berik Kurmangalida aniqlangandi.

Qozoğistonda koronavirus pandemiyasi sababli 16 martdan 11 aprelgaça favqulodda vaziyat rejimi amal qilgandi. Karantin çoralari respublikaning turli hududlarida hali ham saqlanib qolmoqda. 

Bugungi kunda respublikada koronavirusga çalinganlar soni 15 542 nafarni, undan vafot etganlar soni 97 nafarni taşkil qilmoqda. Şu bilan birga, 9 902 kişi virus asoratlaridan soğayib ketgan.

Nazarboyev qariyb 30 yil davomida Qozoğiston prezidenti bölgan. 2019 yil mayida u iste'foga çiqqan, şu bilan birgalikda «millat otasi» unvonini hamda Konstitutsion kengaş a'zoligini saqlab qolgan. Şuningdek, u Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi va hukumatdagi «Nur Otan» partiyasini boşqaradi.

Nazarboyevning oilasi Qozoğiston siyosatida öz ta'sirini saqlab qolgan.