Özbekistonning Hindistondagi favqullodda va muxtor elçisi tayinlandi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, 2020 yil 18 iyun kuni Özbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Dilşod Axatov Toşkentdan Dehli şahriga jönab ketdi.

Dilşod Axatov 1972 yil 28 iyunda Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahrida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (Toşkent şahri) va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.

U bunga qadar Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari bölib işlagan. Şuningdek, Taşqi işlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği, Germaniya Federativ Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçi lavozimlarida faoliyat körsatgan.

Eslatib ötamiz, şu yilning fevral oyi oxirida Özbekistonning Hindistondagi elçisi Farhod Arziyev taşqi işlar vazirining birinçi örinbosariga aylandi.