O‘zbekistonda farzand asrab olish jarayoni osonlashtirilishi mumkin
O‘zbekistonda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Unga asosan, chaqaloq savdosiga qarshi kurashish doirasida farzandlikka olish tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva bola asrab jarayonida juda ko‘p byurokratik to‘siqlar borligini ta'kidladi.
«Chaqaloq savdosining davom etayotgani sabablaridan biri – bolasi yo‘qlar sotib olyapti. Chunki farzandlikka olish jarayonida juda ham ko‘p byurokratik to‘siqlar mavjud. Mazkur to‘siqlarni yo‘qotish, jarayonni soddalashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi», dedi Norboyeva komissiyaning 17 iyun kungi majlisida.
Ta'kidlanishicha, chaqaloq savdosining kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilgan holda unga qarshi kurash ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Yig‘ilishda berilgan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 2018 yilga nisbatan kamaygan, lekin bu yo‘nalishda sodir etilgan umumiy jinoyatlar orasida chaqaloq savdosi bilan bog‘liq holatlar yuqoriligicha qolmoqda: 2018 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning 38 foizini chaqaloq savdosi tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 43 foizga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kun.uz farzandlikka olish jarayonidagi murakkabliklar, yillab navbat kutish va korrupsiya holatlari mavzusida maqola e'lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi
Jahon | 19:46
-
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi
Jahon | 19:16
-
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
Jamiyat | 19:14
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 19:12
Mavzuga oid

15:18 / 13.04.2025
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi

19:50 / 28.03.2025