«Hududlardagi senatorlar, deputatlar markazdan işçi guruhning kelişini kutib ötirmasdan, muammolarni senat yoki mahalliy kengaş muhokamasiga kiritib borişi kerak. Lekin teskarisi bölyapti – biz özimiz borib, muammolarni qidirib topyapmiz. Mahalliy kengaş deputatlarining asosiy vazifasi muammolar portfelini qilib, işçi guruh oldiga qöyişi yoki joylardagi senatorlar orqali bizga murojaat qilişlari kerak.

Ijtimoiy tarmoqlarga kirib köring – har kuni bir muammo. Içki işlar xodimi kimnidir kaltaklagan, u ölib qolgan. Qaysidir hokim tadbirkorga zuğum qilgan. Kimlardir majburiy mehnatga jalb qilingan. Qayerdadir firibgarlar odamlarni ommaviy aldagan. Çegara hududidagi aholimizni yillar davomida töplangan muammolar qiynab kelgan.

Bunday muammolarni hamma muhokama qiladi, munosabat bildiradi, xulosalarini aytadi, lekin öşa yerdagi senatorlarimiz jim. Ulardan aks-sado ham çiqmaydi. Öşa yerda senator bormi, u nima deydi, borib xabar olsin, degandan keyingina şuğullanişni boşlaşadi.

Yaxşi ham ijtimoiy tarmoqlar bor ekan, hamma narsani oçiq körsatib berişyapti. Aslida bu muammolarni mahalliy kengaş sessiyalarida yoki senat majlislarida özimiz muhokamaga olib çiqib, hal qilişimiz kerak. Deputatlarning gapirişiga, senatorlarning muhokama qilişiga heç qanday tösiq yöq, hamma vakolatlar berilgan. Lekin bizda eski uslubda işlaş kayfiyati hali ham saqlanib qolyapti.

Barçangizdan senatorlik faoliyatiga jiddiy qaraşingizni talab qilamiz», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.