Qayd etilişiça, kompaniya yaqin kelajakda benzin narxini oşirişni maqsad qilmagan. Aksinça, benzin va dizel yoqilğisi narxlari bosqiçma-bosqiç tuşirib borilmoqda. Hozirgi kunda benzin narxi bozor belgilayapti, bunga kompaniya aralaşayotgani yöq.
Avvalroq «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi örinbosari Uluğbek Aşurov «Özbekneftgaz» aprel oxiri – may boşida brent markali neft narxi 22-25 dollar bölgan payt 200 ming tonnadan ortiq xomaşyo import qilgani, şuning hisobiga yil oxirigaça neft narxi oşib ketsa ham, benzinning hozirgi narxlarini bir maromda saqlab turilişini aytgan edi.
«Keyinçalik ham tannarxni pasaytiriş, bozorda öz örnimizni yöqotmaslik uçun maksimal darajada sifatli va arzon neft mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça özimizning strategiyamiz bor. Hozirgi kunda tizimimizdagi neftgaz korxonalari tomonidan nafaqat AI-80 markali benzin, balki AI-92 va AI-95 markali benzinlarni işlab çiqariş ham yölga qöyildi. Bu orqali yuqori sifatli benzin bozorida ham öz örnimizni topiş niyatidamiz», degandi u.
Eslatib ötamiz, 15 maydan buyon «Özbekneftgaz» AJning UNG milliy brendi ostidagi yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğida AI-92 markali benzin 5000 sömdan sotilmoqda.













