Toşkent şahar IIBBga xususiy tadbirkor murojaat qilib, Çorsu bozoridagi tamagirlik holatlari haqida ma'lum qilgan.
Ta'kidlanişiça, xususiy tadbirkor Bahrom M. 23 may kuni içki işlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga köra, tadbirkorning oziq-ovqat dökoni joylaşgan “Eski-Juva” bozori ma'muriyati vakili undan işini davom ettirişi uçun 500 AQŞ dollari va 500 ming sömlik mevalar talab qilgan.
Özini Umid deb taniştirgan erkak savdo joylarini közdan keçirayotganda Bahrom ijara pulini öz vaqtida tölamayotgani va savdo joyi çegaradan çiqqanini ma'lum qilgan. Tadbirkorning buning aksini isbotlaşga urinişi natija bermagan. Umid esa işni davom ettiriş uçun undan “tölaşni” talab qilgan.
Bahrom M.ning arizasiga binoan Toşkent şahar IIBB JQB iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraş bölimi Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş departamenti bilan hamkorlikda maxsus operatsiya tuzib, operatsiya davomida “Eski-Juva” AJ bölimi mutaxassisi bölmiş Umid Yu.ni 500 AQŞ dollari olayotgan vaqtida qölga olişdi.
Mazkur fakt asosida jinoiy iş qözğatilib, hozirda tergov işlari olib borilmoqda.
















