15:42 / 23.06.2020
2895

Karantin davrida kichik biznes korxonalari to‘lashi kerak bo‘lgan 4,6 mlrd so‘m penya va jarimalardan voz kechildi

Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Muzaffaryusuf Nazarov AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda karantin cheklovlari davomida tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari haqida ma'lumot berdi.

Qo‘mita vakilining qayd etishicha, joriy yilning 1 yanvaridan 15 maygacha bo‘lgan muddatda kichik biznes sub'yektlarining yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalaridan voz kechilgan. Natijada, 16 251ta kichik biznes korxonalarining 4,6 milliard so‘m miqdoridagi yig‘ilib qolgan penya va jarimalari to‘liq hisobdan chiqarilgan.

«Bundan tashqari, 1 maydan 1 iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytirildi. Buning bilan 1 mln 681 ming 769ta ish o‘rni tashkil etgan 328 ming 782ta mikrofirma va kichik biznes sub'yektlari soliq to‘lovchilarining soliq yuki kamaytirildi.

Ularga belgilangan muddat davomida hisoblangan ijtimoiy soliqning umumiy miqdori 601 milliard so‘mni tashkil etadi, ammo stavka sezilarli darajada pasaygani sababli mazkur soliq to‘lovchilar budjetga 50 milliard so‘m to‘laydigan bo‘ldi. Taqdim etilgan imtiyoz miqdori esa 551 milliard so‘mni tashkil etadi», dedi Muzaffaryusuf Nazarov onlayn brifingda. 

Top