Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusni chiqarilayotgan nafasdan aniqlash mumkin bo‘ladi
Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limi olimlari inson nafasini tahlil qilish yordamida koronavirusga ommaviy test o‘tkazishning yangi texnologiyasini taklif qilishdi.
Ta'kidlanishicha, inson chiqarayotgan nafasda 750 ga yaqin uchuvchi birikmalar bor bo‘lib, ularni tahlil qilib inson organizmida kechayotgan ko‘plab biokimyoviy jarayonlarni nazorat qilish mumkin. Bunday tadqiqotlarni o‘tkazishga yordam beruvchi qurilma - gaz analizatorlari qimmat va murakkab qurilma hisoblanadi.
Ma'lum qilinishicha, Novosibirskda bunday qurilma – HealthMonitor gaz analizatori ishlab chiqilgan va u o‘z ko‘rsatkichlariga ko‘ra xorijiy muqobillaridan qolishmaydi.
Dastlabki tashxislash sun'iy ong yordamida o‘tkaziladi. Bu maqsadda tegishli dasturiy ta'minotni tez sur'atlarda ishlab chiqish uchun Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining koronavirus bo‘yicha idoralararo guruhi rahbari, akademik Mixail Voyevoda Moskva meri Sergey Sobyaninga murojaat qilib, odamlar gavjum joylarda testlashni (namunalar olish) boshlashga ruxsat berishni iltimos qilgan.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026