Jahon | 07:33 / 23.06.2020
6938
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp koronavirus sababli Xitoy bilan savdo bitimini bekor qilishga qaror qildi

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Trampning savdo bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarroning ta'kidlashicha, Tramp koronavirus Xitoydan tarqalgani haqidagi taxminlar ortida Xitoy bilan savdo kelishuvini bekor qilishga qaror qildi.

Trampning fikricha, aynan Pekin koronavirusning butun dunyoga tarqalishiga yo‘l berib, pandemiyaning kelib chiqishiga sababchi hisoblanadi.

“U to‘xtatildi”, deb aytgan Fox News telekanali efirida bitim tugatilgani haqida savolga javoban Navarro. 

“Mana buriluvchi on. Ular [Xitoy vakillari] bu yerga 15 yanvarda savdo bitimini imzolashga kelishdi, bungacha esa ular virus tarqalayotganini bilishganda 2 oy o‘tib bo‘lgan”, deb aytgan Navarro.

AQSh va Xitoy 15 yanvarda savdo kelishuvining birinchi qismini imzolagan. Bu bitim doirasida Vashington Xitoyning 250 mlrd dollarlik tovarlariga 25 foizlik va 120 mlrd dollarlik tovarlariga 7,5 foizlik bojni saqlab qolgan. Bitim, shuningdek, Xitoy yaqin 2 yil ichida AQShda ishlab chiqarilgan 75 mlrd dollarlik sanoat mahsulotlari, 50 mlrd dollarlik energiya tashuvchilar, 40 mlrd dollar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda 35-40  mlrd dollarlik xizmatlarni sotib olishini ko‘zda tutgan.    

Rasman Pekin va Vashington hali ham savdo bitimi doirasidagi majburiyatlarini bajarishga tayyorliklarini bildirishmoqda, biroq Xitoy AQShni proteksionizm siyosatini yuritishda va shu bilan bitimni amalga oshirishga xalaqit qilishda ayblamoqda. AQSh esa Pekinning koronavirusga qarshi kurashdagi siyosati qanchalik to‘g‘ri bo‘lganini aniqlash uchun tergov boshlagan va Xitoyning aybi isbotlansa, uni jiddiy oqibatlar kutayotganini istisno qilmayapti.

Mavzuga oid