Bir asr muqaddam «ispan grippi» pandemiyasining ikkinçi bosqiçi birinçi bosqiçdagidan köproq odamni hayotdan olib ketgandi.

Britaniyadagi bir qança universitetlarning virusologlari Covid-19 pandemiyasining ikkinçi tölqini boşlanişi ehtimoli yuqoriligini aytişmoqda. U qançalik xavfli böladi?

Ikkinçi tölqin nima degani?
Buni dengiz tölqiniga qiyoslaş mumkin. Kasallaniş holatlari soni bir kötariladi va bir tuşadi: har bir sikl - koronavirus «tölqini»dir.

Hozirça pandemiyaning ikkinçi tölqinini ifodalovçi yagona ilmiy tarif yöq. Ayrimlar kötarilişlar va pasayişlarga qarab tölqinlarni ajratmoqçi bölişadi, ammo bular aslida birinçi tölqin çiziğidagi notekisliklardir. Bunga AQŞning ayrim ştatlarida kuzatilayotgan holatni misol sifatida keltiriş mumkin.

Bir tölqin yakunlangani haqida e'lon qiliş uçun hukumat virusni nazoratga olişi va yangi kasallaniş holatlari töxtaşiga erişişi kerak böladi.

Ikkinçi tölqin boşlangani haqida esa yangi kasallaniş holatlari barqaror ösişi kuzatilganida aytiş mumkin. 24 kunlik tanaffusdan keyin Yangi Zelandiyada xorijdan kelganlarda aniqlangan ilk holatlar yoki koronavirussiz 50 kundan keyin Pekinda yana virusdan zararlaniş holatlari qayd etilişini ikkinçi tölqin deb atab bölmaydi.

Ammo ayrim olimlar Erondagi vaziyatni ikkinçi tölqin mezonlariga mos deb bilişmoqda. Fevral oyida Xitoydan keyin koronavirusning ikkinçi öçoğiga aylangan bu mamlakatda aprel oyi örtalariga kelib qat'iy karantin yumşatila boşlandi. Ammo iyun oyi boşida yangi kasallaniş holatlari soni yana keskin ösib ketdi va kuniga örtaça 3 ming kişida virus aniqlana boşladi. Rasmiy statistikaga köra, iyunning ilk haftasida kasallaniş holatlari soni may oyining sönggi haftasidagidan ikki barobar köp bölgan - bu esa avj olişning eng yuqori nuqtasi kuzatilgan mart oyi körsatkiçiga teng edi. Boşqaça aytganda, Eronda hozir vaziyat epidemiya avj olgan vaqtdan yomonroq - mart oyining ikkinçi qismida kuzatilgan pikka ikki oy davomida yetilgandi, endi esa ikkinçi bosqiçning avvalidayoq öşa natija qayd etilmoqda.

Angliyadagi Uorik universitetining infeksion kasalliklarni matematik modellaştiriş böyiça mutaxassisi Mayk Tildesli Britaniyada ikkinçi tölqin kuzatilişini hukumatning qarorlariga boğliq deb hisoblamoqda.

«Menimça, hozir qarşimizda ulkan noaniqlik turibdi, töğrisi, bu meni qattiq taşvişlantirmoqda», deydi u.