«2020 yil 25 iyun soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6990 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toşkent şahrida (şundan 28 nafari koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida), 7 nafari Toşkent viloyatida çegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilarida, 2 nafar Jizzax viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafar Surxondaryo viloyatida aniqlangan», deyiladi xabarda.
24 iyun kuni jami 239ta yangi holat qayd etildi, bu esa kunlik ösiş böyiça yangi rekord körsatkiçdir.
Şuningdek, 125 bemor tuzalib çiqdi va şu vaqtgaça kasallikdan soğayganlar soni 4685 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda şifoxonalarda 2286 bemor davolanmoqda, ulardan 14 nafari oğir, 5 nafari esa öta oğir ahvolda.
- Eslatib ötamiz, Jizzax viloyatida mart oyidan buyon 3ta kasallaniş holati qayd etilgan, bemorlarning sönggisi 27 aprel kuni tuzalgan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.
- Ayni vaqtda birgina Farğona viloyati koronavirusdan xoli hudud bölib qolmoqda, uşbu hududda sönggi bemor 14 may kuni tuzalib çiqqan, viloyatda may oyi boşidan buyon yangi kasallaniş holatlari aniqlanmagan.












