Pandemiya sababli, bu yilgi test sinovlari istisno tariqasida majburiy fanlarsiz, faqat tanlangan bakalavriat yo‘nalishlariga mos 2ta mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi.
Abituriyentlar ikkita fandan 30tadan, jami 60ta test topshirig‘ini bajaradilar. Birinchi blokdagi fan bo‘yicha har bir to‘g‘ri javobga 3,2 ball, ikkinchi blokda 3,1 baldan beriladi. Maksimal ball 189ga teng.
Fanlar majmuasi bilan quyidagi pdf faylni yuklab olish orqali tanishish mumkin:
Bu yildan boshlab abituriyentlar hujjat topshirishda 5ta yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Bunda birinchi (3,2 ball) va ikkinchi (3,1 ball) fanlar bir-biriga mos bo‘lishi talab etiladi.
Harbiy OTMlarga kirish imtihonlarida test olinadigan fanlar majmuasi ham belgilandi:


Ma'lum qilinishicha, “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishda dastlab hududlarda joylashgan tibbiyot oliy ta'lim muassasasiga murojaat qiladi.
Bakalavriatning quyidagi 13ta ta'lim yo‘nalishiga o‘qishda kirishda bitta fandan test va kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi:

132ta yo‘nalishda esa abituriyentlar test sinovlarisiz, faqat kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadi.






















