Hujjat bilan O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi tashkil etiladi.

Norma’ning yozishicha, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

klasterlar faoliyatida yuzaga keladigan tizimli muammolarni hal etish;

davlat boshqaruvi organlarida paxta-to‘qimachilik klasterlari manfaatlari va huquqlarini himoya qilish;

yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotni eksport qilish hajmini kengaytirish;

xomashyo bazasi, klasterlar infratuzilmasini kompleks rivojlantirish;

klasterlar va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
 
Uyushma tuzilmasida tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydigan Paxta-to‘qimachilik klasterlari kengashini tashkil etish nazarda tutilgan. Muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan uyushmaning ijro apparati tuzilmasi tasdiqlanadi hamda uning raisi va o‘rinbosarlari saylanadi.
 
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish a'zolik badallari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Uyushma Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustavelli ko‘chasi, 8-uy manzilidagi «Paxtasanoat ilmiy markazi» AJ binosida joylashtiriladi.
 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish maqsadida klasterlar faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Baholash ijoralararo komissiya va hududiy ishchi guruhlar tomonidan har yili 25 dekabrga qadar o‘tkaziladi.
 
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi;

Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash bo‘yicha hududiy ishchi guruhning namunaviy tarkibi.
 
Klasterlar faoliyati balli tizim asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholanadi: