Mutaxassis koronavirus pandemiyasini XX asr boşidagi “ispan grippi”ga  qiyoslagan va global kölamda koronavirus pandemiyasi “JSST kutgandek avj olayotganini” aytgan.

“Ispan grippi bilan taqqoslaş u [ispan grippi] ham özini hozirda koronavirus kabi tutganini körsatmoqda. 1918 yil yozida u pasaygan va sentabr hamda oktyabrda qaqşatqiç tarzda yana avj olgan va uning ikkinçi tölqini vaqtida 50 mln kişi halok bölgan”, deb ta'kidlab ötdi Gerra.

“Pandemiya özini biz kutayotgandek tutmoqda”, deb qöşimça qilgan mutaxassis.

Raneri Gerra

Gerraning bu sözlari Yevropa va dunyoning boşqa mintaqalarida karantin çeklovlari yumşatilayotgani ortida yangradi.

Euronews telekanalining xabar berişiça, JSSTning Yevropadagi bölimi mutaxassislari Yevropada çeklovlar bekor qilina boşlangandan keyin koronavirus jadal tarqala boşlaganidan xavotir bildirişmoqda. 

Mutaxassislar agar tezkor çoralar körilmasa, Yevropa davlatlari soğliqni saqlaş tizimi yana tanazzulga yuz tutişidan ogohlantirişmoqda. 

JSSTning Yevropa böyiça mintaqaviy byurosiga kiruvçi davlatlarda oxirgi haftada 130 mingdan köproq yangi kasallaniş holati qayd etilgan. “Oxirgi 2 hafta davomida 30 ta davlatda yangi holatlar köpayayotgani qayd qilinmoqda. Bu davlatlardan 11 tasida infeksiya tarqalişi tezlaşgani köp sonda kasallaniş holatlariga olib keldi va bunga qarşi biror çora körilmasa, Yevropa soğliqni saqlaş tizimi yana tanazzulga yuz tutadi”, deb aytgan byuro direktori Xans Klyuge.

Worldometer portalining oxirgi ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda dunyoda virusga çalinganlar soni 10 mlndan, undan vafot etganlar soni 500 mingdan oşib ketdi.  

Ispan grippi (ispanka) epidemiyasi 1918 yil yanvaridan 1920 yilgaça davom etgan. Unga butun dunyoda kamida 550 mln kişi çalingan. Undan vafot etganlar soni 50-100 mlngaça baholanadi. Şunga köra, “ispanka”dan ölim darajasi 20 foizgaça yetgan.

Epidemiya Birinçi jahon uruşining oxirgi kunlari boşlangan. Uning avj olişiga uruş qiyinçiliklari – antisanitariya, yomon ovqatlaniş, harbiy lagerlar va qoçqinlar lagerlarining bir-biriga yaqin joylaşgani olib kelgan.