Toşkent şahar bojxona boşqarmasi Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi bölimi xodimlari tomonidan  xorijiy mamlakatdan Özbekistonda faoliyat olib borayotgan mas'uliyati çeklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan tovarlar “Çuqursoy texnik idora” çegara bojxona postida xolislar va işonçli vakil fuqaro M.O. iştirokida körikdan ötkazildi.
 
Tekşiruv davomida, olib kelingan yuklar orasida hujjatlarda körsatilmagan, umumiy qiymati 1,6 milliard sömlik 5662 dona avtomobil şinalari borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati.

“Hujjatlardan yaşirilgan şinalarga 791,7 million söm miqdorida bojxona tölovlari hisoblandi”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilişiça, hozirda uşbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.