Soğliqni saqlaş vazirligi Jizzax viloyatida koronavirusga çalingan 72 yoşli bemor ötkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etgani töğrisida xabar berdi. 

«Jizzax viloyati Ş.Raşidov tumanida yaşovçi, 72 yoşli otaxon Q.R. joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.

Unda 25 iyun kuni koronavirus aniqlangan. Bemorga «Koronavirus infeksiyasi oğir keçişi, çap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetişmovçiligi 2-daraja» taşxisi, şuningdek, «Yurak işemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak yetişmovçiligi, qandli diabet oğir keçişi» qöşimça taşxisi ham qöyilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak işemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet taşxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanişi davomida  kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  şu sohaga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalarining malakali şifokorlari tomonidan ham bir neça bor konsiliumlar ötkazilib, nazoratga olingan. 

Sönggi kunlarda nafas, yurak va öpka yetişmovçiligi sababli bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, reanimatsiya bölimiga ötkazilgan hamda tibbiy yordam körsatilgan. 

Biroq şifokorlarning standartlar asosida ötkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor ötkir miokard infarkti, ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligidan vafot etdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Şu tariqa, bugun ham Özbekistonda koronavirus tufayli ikki ölim qayd etildi. Bungaça Buxoro viloyatida ham 58 yoşli ayol koronavirus tufayli olamdan ötgani xabar qilingandi.

Şu vaqtgaça Toşkentda 13, Namanganda 4, Samarqandda va Surxondaryoda 2tadan, Farğona va Buxoroda bittadan ölim röy bergandi.

Eslatib ötamiz, Jizzax viloyatida mart-aprel oylarida qayd etilgan 3 nafar bemor soğayib, 27 aprel kuni viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ammo 25 iyun kuni Jizzax viloyatida yana 2ta yangi kasallaniş holati