Olmaliq kon-metallurgiya kombinati taşabbusi va ilmiy tadqiqotlari tufayli  birinçi bor yuqori tozalikdagi 99,00 foiz sof palladiy kukunini olişga erişildi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, tozalangan sof palladiy kukuni ajratib oliş uçun 17ta jarayonni bosib ötiş kerak böladi. 

“Ötkazilgan tadqiqotlar asosida past konsentratsiyali elektrolit eritmalaridan yuqori tozalikka ega bölgan sof palladiy kukunini ajratib olişning yangi texnologiyasi işlab çiqilib, metall ajratib oliş darajasi 80 foizga olib çiqildi. Şu ma'noda kombinat rahbariyatining faol va ilğor taşabbusi bilan 2018 yildan buyon olib borilgan ilmiy tadqiqot işlari diqqatga molikdir”, deyiladi xabarda.   

Ma'lumot berilişiça, bugun  dunyo bozorida 1 gramm palladiy narxi 67 dollarga baholanmoqda. Platinadan 7,3 foizga qimmat yuradigan bu nodir metall asosan zargarlik, tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida, elektronika, maşinasozlik va kimyoviy işlab çiqariş tarmoqlarida keng qöllaniladi.  

Dunyo miqyosida Yevropa, Yaponiya, Xitoy va Şimoliy Amerika davlatlari sanoat bozorida palladiydan unumli foydalanayotgan davlatlar safiga kiradi. 

“Şunday ekan, qayta işlangan elektrolitdan sof palladiy kukunini ajratib olişni sanoat sohasiga keng tatbiq etayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bu sa'y-harakatlari mamlakatimiz iqtisodiy işlab çiqariş salohiyatiga özining ijobiy ta'sirini körsatadi va albatta, palladiydan unumli foydalanayotgan rivojlangan davlatlar safiga kirişimizga umid qilib qolamiz”, deyiladi kombinat axborot xizmati xabarida.