Pandemiya davridagi uruş. Dunyo nega karantinda ham tinç ötirmadi?
|03:26 / 30.06.202052 30013 min
Insoniyat umumiy duşman - koronavirus bilan kuraşmoqda, şu tufayli barça uruşlarda tanaffus qilib turiş kerak, degandi mart oyi oxirida BMT boş kotibi. Dunyo uning çaqiriqlariga e'tibor qaratmadi va harbiy nizolarni davom ettirdi. Nima uçun?
Yamandagi uruş 11 maydan yana olovlandi / Foto: AFPYamandagi uruş 11 maydan yana olovlandi / Foto: AFP
Ötmişda Yevropada kuzatilgan halokatli epidemiyalar insoniyatni tezroq murosaga keltirgan: XIV asrdagi vabo fransuzlar va inglizlarni Yuz yillik uruşni yakunlab qurollarni qinga solişga va sulh tuzişga majburlagandi. Yuz yil muqaddam «ispanka» epidemiyasi ham uruşuvçi tomonlarning sillasini quritib, Birinçi jahon tezroq yakunlanişiga «xizmat qilgandi».
Bugun esa zambaraklar tinmayapti. BMT rahbarining uruşni karantinga jönatişni sörab qilgan murojaatlari ham, Rim papasining birdam böliş va jipslaşişga çaqirgan sözlari ham, gumanitar taşkilotlarning bir paytda uruş va virus balosi qarşisida ojiz qolgan odamlarning aholi haqidagi ogohlantirişlari e'tiborsiz qoldirildi.
Pandemiya davrida ham yana yuz minglab odamlar uysiz qoçqinlarga aylandi.
«Odamlar uruşda ölayotgan va uruş tufayli uylarini taşlab ketib, oçlikka mahkum bölayotgan mahalda BMT Xavfsizlik kengaşi a'zolalari xuddi qum maydonidagi bolalar kabi bahslaşişmoqda. Hozir bolalar öyini vaqti emas», deya ğazabini yaşirmaydi Norvegiya qoçqinlar böyiça kengaşi rahbari Yan Egelann.
BMT Xavfsizlik kengaşi a'zolari - beşta yadroviy barqudrat davlat (derjava) özaro doimiy kelişmovçiliklar tufayli global sulh böyiça rezolyutsiya qabul qila olişmadi.
Hujjatning birinçi varianti uning matnida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti nomi eslab ötilgani tufayli AQŞ tomonidan rad etildi - Amerika hukumati bu taşkilotni Xitoy bilan qalin aloqalari tufayli ayblab kelmoqda. JSST eslanmagan ikkinçi va 90 kunlik sulhni nazarda tutgan rezolyutsiya esa hali muhokama qilinmadi.
Dunyo aholisi uruş va virusning qöş zarbasi ostida qoldi / REUTERS
Agar yirik davlatlar öt oçişni töxtatiş töğrisidagi çaqiriqlar atrofida birlaşa olişmasa, bir neça davlatlar va terrorçi guruhlar iştirokidagi qurolli harakatlar töxtamaydi.
Hal qiluvçi qat'iy harakatlarni amalga oşiriş imkoni boy berildi.
BMTning Inqirozlar böyiça xalqaro guruhi vakili Riçard Gouanning hisoblaşiça, diplomatlar bahslaşişni davom ettirayotgan vaqtda sulhga erişiş uçun imkoniyatlar dariçasi yopildi.
Uruş ketayotgan joylarda koronavirus yanada ölimvor: şifoxonalar vayron qilingan yoki haddan ortiq yuklama bilan işlamoqda, harbiy harakatlar tufayli xalqaro missiyalar şifokorlari bemorlar joylaşgan hududlarga yetib bora olmayapti. Soğlom odamlar ham jabr çekişmoqda: siyosatçilar harakatsizligiça qolar ekan, odamlar oç qolmoqda, deya ogohlantiradi BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi.
Mavzuga oid
Taşkilot rahbari Devid Bizlining aytişiça, hozirdayam önlab davlatlarda milliondan ortiq kişi oçdan öliş xavfi ostida yaşamoqda, vaziyat yanada yomonlaşsa 30ga yaqin davlatda oçarçilik boşlanişi mumkin.
Xalqaro valuta fondi baholariga köra, pandemiya va uning oqibatlaridan asosan nizolar tufayli kuçsizlaşgan davlatlar katta zarba oladi.
Umuman olganda, fond prognozlariga köra, Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlari iqtisodiyoti bu yili 7 foizga qisqaradi, holbuki ötgan yili bu hududlarda 2,6 foizlik ösiş qayd etilgandi. Daromadlar jiddiy ravişda pasayadi, pul ötkazmalari töxtaydi - bu esa xorijdagi qarindoşlari yuboradigan pullarga qaram bölgan köpçilik uçun yaşab qolişning yagona manbasi hisoblanadi.
Amerikalik tadqiqotçilar, terrorçi guruhlar qaşşoqlik tufayli yoşlarni yollaşi osonlaşişidan xavfsiraşmoqda.
Hamon uruşlar davom etmoqda
Dunyodagi 200dan ortiq davlatdan 30-40tasida qurollli harakatlar davom etmoqda. Ularning aksaridagi tomonlar sulh tuzmoqçi emas.
«Qurolli ziddiyatlar hududi haqida ma'lumot yiğiş dasturi» (Acled) 43ta davlatni sanagan, Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) esa öz tadqiqotlarida 33 raqamini keltirgan.
Pandemiya davrida yana yarim milliondan ortiq qoçqinlar paydo böldi Foto: AFP
IISS hisobotida mualliflar sönggi yillarda uruşlar tusi özgarganini qayd etişgan.
Uruşda biratöla bir neça qudratli davlatlar iştirok etayotgan bölsa va bu davlatlar töğridan töğri muntazam armiya orqali emas, öz ta'siridagi kuçlar - isyonçilar, jangarilar, yollanma askarlar, terrorçilik tarmoqlari va boşqa jinoiy taşkilotlar orqali uruş olib borayotgan bölsa tinçlik muzokaralari ötkaziş yanada qiyinlaşib ketadi.
Şu tufayli, dunyodagi uruşlarning 60 foizi 10 yildan kam davom etmasligi ajablanarli emas.
Acled hisob-kitoblariga köra, BMTning tinçlik çaqiriğiga 43 davlatdan faqat 10tasida reaksiya qilingan, şundan faqat 2ta davlatda harbiy harakatlar çindan töxtatilgan.
«31 davlatdagi uruşlar iştirokçilari global sulh haqidagi çaqiriqlarni nafaqat inkor etdi, ba'zi joylarda, masalan, Iroq, Meksika, Mozambik va Braziliyada harbiy harakatlar yanada faollaşdi. Umuman olganda, global tinçlikka çaqiriqlar natija bermadi», deyiladi Acled hisobotida.
Guruhlardan davlatlargaça
Dunyoning turli davlatlaridagi bir neça harbiy guruhlar uruş boltasini kömişga rozi bölişdi, ammo köp hollarda faqat yoki qisqa muddatga tinçlik örnatildi, yoki ikkinçi tomon harbiy harakatlarni töxtatişga qöşilmadi, demakki, haqiqiy sulhga erişilmadi.
Yevropa tinçlik instituti rahbari Maykl Kitingning fikriça esa, köplab guruhlar qurollarni topşiriş örniga aksinça, virus keng tarqalişidan foydalanib, öz pozitsiyalarini mustahkamladi.
«Ular birinçi navbatda epidemiya özlariga qanday yordam berişi mumkinligini öylaşdi. Turli muxolif guruhlar koronavirusdan foydalangan holda şu vaqtgaça qila olmagan işlarini qilib olişni közlaşmoqda», deya ekspertning sözlarini keltirgan Financial Times.
Masalan, Somalidagi «Aş-Şabob» guruhi xristianlarni koronavirus tarqalişida ayblaşgan, kasallikni esa musulmonlarga bölgan yomon munosabat uçun jazo sifatida baholaşgan.
Iştirokçi tomonlar köpligi uçun muzokaralar murakkablaşgan / AFP
IŞID vakillari esa koronavirusni Allohning Ğarb dunyosiga qarşi yuborgan askarlari deb atadi.
«Boko Haram» jangarilari esa Sahroyi kabir atrofidagi hududlarga (Çad, Mali, Niger, Mavritaniya va Burkino-Faso) hujumlarni faollaştirdi.
Amerikalik olimlar Nişa Bellinjyer va Kayl Kattelmanning sözlariga köra, koronavirus qaşşoq davlatlarni yanada qaşşoqlaştirmoqda va bu terrorçi guruhlar öz saflarini töldirişida qöl kelmoqda.
«Boko Haram» ança vaqtdan buyon qaşşoq oilalarning farzandlarini yollaşga odatlangan, Pokistondagi Kaşmirni Hindistondan ajratib oliş uçun kuraşuvçi «Laşkari Toyiba» va «Jayşi Muhammad» guruhlari ham guruhga sodiqlik uçun jangarilarning oila a'zolariga yordam va'da qiladi.
Dunyo virus bilan kuraşda band bölib, boşqa frontlar haqida unutganidan foydalangan IŞID Suriya va Iroqda qator hujumlarni amalga oşirdi va bu bilan uşbu radikal guruh mintaqada özini tiklaşi böyiça xavotirlarni tasdiqladi.
Washington Institute mutaxassisi Aaron Zelinning sözlariga köra, guruhning «uyqudagi bölimlari» harakatga kelgan, AQŞ IŞID ustidan uzil-kesil ğalaba qozonilgani haqida e'lon qilganida ham jangarilar Iroq va Suriya şimolida mavjudligini saqlab qolgandi. Bu bölinmalar prezident Başar Asad rejimidan norozi bölganlarni osonlik bilan öz safiga yollamoqda.
Ramazon oyida Iroqda 300dan ortiq hujum röy berdi va buning oqibatida 400dan ortiq kişi halok böldi.
Qaşşoq hududlardagi işsiz yoşlar osonlik bilan turli guruhlar öljasiga aylanadi / AFP
Bundan taşqari, IŞIDning turli filiallari Suriya, Misr, Nigeriya, Niger, Kongo va Mozambikdagi hujumlar uçun javobgarlikni zimmasiga olgan.
Kimlar sulh e'lon qildi va bu qanday davom etdi:
Liviyadagi ziddiyat tomonlari avvaliga tinçlik böyiça çaqiriqlarni ma'qullaşdi, ammo mintaqada harbiy harakatlar töxtamadi. 15 mart kuni Tripolidagi rasmiy hukumat rahbari Foiz Saroj va şarqdagi hududlarni öz nazoratiga olgan general Xalifa Haftar kuçlari örtasidagi töqnaşuvlar kuçaygani, tinç aholi vakillari va şifoxonalarga hujumlar uyuştirilgani xabar qilindi. 2011 yilda Muammar Qazzofiyning ölimidan keyin parçalangan mamlakatda davom etayotgan fuqarolar uruşida xorij kuçlari ham qatnaşmoqda - vaziyatga kamida 12 davlat aloqador. 2019 yil aprelida Tripoliga yuriş boşlagan Haftar şu vaqtgaça muvaffaqiyatga erişa olmadi, 2020 yil aprelida esa u özini Liviyaning qonuniy hukmdori deb e'lon qildi, ammo bir oy ötib uning armiyasi poytaxt qamalini töxtatib, çekindi. Endilikda Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Saroj armiyasi Haftar tarafdorlari ta'siriga ötgan hududlarni qaytarib olişni boşladi. Sönggi kunlarda qöşni davlat - Misr vaziyatga aralaşmoqda. Uşbu davlat prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Misr armiyasi Liviyaga kirişga va Ğarb kuçlariga qarşi kuraşda qabilalarni (Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasini ham) qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ma'lum qildi. Şuningdek, Saudiya Arabistoni va BAA Misrning Liviyadagi harbiy harakatlarini moliyalaştirişi haqida xabarlar paydo bölgan.
24 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Guterrişning sulh töğrisidagi çaqiriğini olqişladi, 26 mart kuni esa Ukraina YeXHT orqali Rossiyadan pandemiya davrida Donbassda tinçlik örnatilişini ta'minlaşni söradi. Rossiya TIV 24 mart kuni BMT boş kotibining çaqiriğini qöllab-quvvatlagandi, ammo vazirlik saytida dunyodagi ziddiyatlar röyxatida Ukraina körsatilmagandi. Rossiya Ukraina şarqida öz armiyasi qismlari joylaştirilganini rad etib keladi va u yerda faqat rossiyalik köngillilar bölişi mumkinligini tan oladi. Aprelda Donbassda öt oçişni töxtatiş rejimi bir neça bor buzildi.
2015 yilda husiyçilarga qarşi kuraşda Yaman hukumatini qöllab uruşga qöşilgan Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya 9 aprel kuni Yamanda ikki haftalik öt oçişni töxtatiş rejimi haqida e'lon qildi, keyin bu muddat bir oyga uzaytirildi. Lekin şia muxolifatçilari sulhga amal qilmadi va öt oçişni töxtatiş rejimiga qaramay aviazarbalar berilişi davom etdi. Dunyoning eng qaşşoq davlatlaridan biriga aylangan Yamanda 6 yillik uruş davida 100 mingdan ortiq kişi halok bölgan.
Rossiya va Turkiya 5 mart kuni Suriyaning Idlibida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgandi. Bu kelişuv mintaqaga koronavirus epidemiyasi kirib kelgan vaqtga töğri keldi va qurolli töqnaşuvlar tanaffus oldi. Gutterişning çaqiriğiga mart oyi oxirida Suriya demokratik kuçlari (SDF) ijobiy reaksiya qilişdi. Ammo aprel oyi oxirida Turkiya Suriyani öt oçişni töxtatiş rejimini buzganlikda va Idlibga bosimni kuçaytirişda aybladi.
1 aprel kuni toliblar öz nazoratlarida bölgan hududlarda (Afğonistonning 15 foiz hududi) harbiy harakatlarni töxtatişga tayyorliklarini ma'lum qilişdi), ammo afğon hukumati bilan töliq sulh tuzişmadi. 23 aprel kuni «Tolibon» prezident Aşraf Ğanining muqaddas Ramazon oyida qurollarni topşiriş töğrisidagi taklifini rad etişdi. Toliblar epidemiyadan özlarini mamlakatdagi muqobil hokimiyat sifatida körsatişda foydalanişdi. Ular aholiga oziq-ovqat, tibbiy niqoblar tarqatişdi va virusdan himoyalaniş yöllarini örgatişdi.
Kolumbiyada 50 yildan buyon hukumat bilan kuraşib kelayotgan «Milliy ozodlik armiyasi» 1 aprel kuni 1 oy muddatga sulh haqida e'lon qilişdi, ammo Kolumbiya hukumati öziga bunday majburiyatni olmadi. 19 apreldan esa boşlangan haftada esa uyuştirilgan hujumlar soni yil böyiça rekord darajaga yetdi.
Kamerun janubidagi isyonçilar 22 mart kuni ikki haftalik öt oçiş rejimi haqida e'lon qilişgandi, ammo Acled hisobotiga köra, mamlakatdagi boşqa ayirmaçi guruhlar tinçlik taşabbusini qöllamagan va Kamerun hukumati bilan yaraşmagan.
Filippindagi kommunist isyonçilar mart oyida öt oçişni töxtatiş rejimini e'lon qilişgandi, köp ötmay hukumat ham tinçlik taşabbusiga qöşilişdi. Ammo janglar butkul töxtamadi.
Hindistonda naksalitlar deb ataluvçi maoçi jangarilar 5 aprel kuni tinçlik haqida e'lon qilişgandi va hukumatga javob uçun 5 kun muhlat berişdi. Hind hukumati esa ultimatumga e'tiborsizlik bilan qaradi. Şundan keyin isyonçilar ham mahalliy darajadagi hujumlarini davom ettirişdi.
8 aprel kuni «Milliy ozodlik armiyasi - Papua ozodligi harakati» - Indoneziyadan şarqiy provinsiyalarini (Ğarbiy Papua va Papua) ajratib oliş uçun kuraşuvçi radikal guruh sulhga tayyorligini e'lon qildi. Indoneziya hukumati bunga heç qanday munosabat bildirmadi, Acled tomonidan qayd etilişiça, mintaqada zöravonlik harakatlari ham töxtamagan. .
May oyida Myanma barça isyonçi guruhlar bilan sulh tuzişga tayyorligini ma'lum qilgandi, faqat Rakxayn ştatida hukumatga qarşi kuraşni davom ettirayotgan rohingyalar bundan mustasno edi.
Tailanddagi ayirmaçilar harakati - «Milliy inqilobiy front» (BRN) 17 mart kuni davlat muassasasini portlatdi, u yerda koronavirusga qarşi çoralar muhokama qilinayotgandi. Ikki hafta ötib, 3 aprel kuni guruh vakillari qurollarni topşirişga rozilik bildirişdi. Tailand hukumati va musulmon diniga mansub ayirmaçilarning Malayziya bilan çegara hududidagi töqnaşuvlari 2004 yildan buyon davom etib keladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi