Kun.uz'da hayot qiyinçiliklarini körgan bir neça ayollarning hikoyasini öqigan bölsangiz kerak. Ha, ayollar erkaklarga qaraganda sabrliroq bölişadi, har narsani ham taşqariga çiqaravermay, içga yutişadi. Umid qilamiz, bunday insonlarning hikoyasi insonlarni şukr qilişga, atrofdagilarga yordam berişga undaydi. Biz faqat xabarimiz bölgan murakkab taqdirlarnigina hikoya qilib, sizga ilinyapmiz. Aslida oramizda ularning soni şunçalik köpki...

Bu galgi hikoyamiz qahramoni biri 15, biri 13 yoşli bolalarning onasi. Qöçqorova Gulnoza Xorazm viloyatining Gurlan tumanidan. Bugun taqdir taqazosi bilan Samarqand viloyatining Urgut tumanida yaşayapti. Musofirlikda ulğayib qolgan ikki farzandini boqiş va ularga yaxşi kelajak beriş uçun harakat qilmoqda. Musofir onaning hikoyasiga quloq tutsak.

«Urgut ikkinçi vatanim böladi deb öylamagandim»

«Avvalo Urgut haqida gapiradigan bölsam, bu yer menga begona emas. Bolaligimda onam Urgutga guruç sotgani kelar va men maktabdan ta'til berilgan paytlar unga qöşilib tez-tez kelib turardim. Öşanda qaçonlardir Urgutni ikkinçi vatan tutişim haqida öylab ham körmaganman.

Otam yoşligimda vafot etib onam uç qiz bilan yolğiz qolgan. Keyinroq onam yana turmuş qurdi. Maktabni bitirişim bilan onam meni uzatib yubordi. Öşanda yoş, hayotning aççiq-çuçugini tatib körmagan paytlarim edi. Oldinma-ketin ikki farzandim tuğildi. Bu orada erim bilan Urgutga guruç olib kelib sota boşladik. U vaqt qaynota-qaynonam bilan birga turardik».

«Uyimizga öt tuşdi...»

«Urgutda guruç sotar ekanmiz moddiy ahvolimiz yaxşilanib bordi. Bu orada erim içib, yomon yöllarga yura boşladi va oiladan baraka kötarildi. 2012 yil dekabrning oxirida er-xotin bozorda ekanimizda ijarada yaşayotgan uyimizda yonğin çiqadi. Öşanda farzandlarimni öylab bozordan ijara uyga qanday yetib borganimni bilmayman. Borsak öt öçiruvçilar bolalarimni soğ-omon olov içidan qutqarib çiqişgan ekan. Yonğinni ham öçirişdi.

Şundan söng uy egasi bölgan ijaraçi zararni tölaymiz deganimizga qaramay, bizni sudga berdi. Uning arizasiga garçi uyiga zarar yetmagan bölsa ham bir-ikki qöşnilar ham qöşilgan. Biz boşqa ijara uyga köçib ötdik. Yonğin sodir bölganidan bir hafta ötib, 2013 yilning yanvar oyida erim «Onamning mazasi qoçibdi, borib xabar olib, tezda qaytib kelaman», deb Urgutda ijarada yaşayotgan uyimizdan çiqib ketguniça qaytib kelmadi. Urgutda ikki bolam bilan yolğiz qolib ketdim.

Bu orada yonğin işi sudda körildi, uy egasi va uning qöşnilariga öşa paytda juda katta summa tölaşimiz kerakligi haqida ajrim çiqdi. Yonimda erim yöq, qölimda pulim ham qolmagandi. Guruç bozordagi tanişlarim jonimga oro kirib, qarz berib turişdi.